IT-industriyasida ayollar yetakchilik qilmoqda
16.12.2013
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Ko‘p yillardan buyon texnologik kompaniyalardagi ish erkaklarga xos hisoblanardi, biroq keyingi vaqtlarda IT-industriyasida ayollar faollik ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, hozirda — xay-tek sohasiga aloqador korxonalar aynan ayollarni ishga olishni ma’qul ko‘rmoqda.

Amerika mehnat Byurosi statistikasi (Bureau of Labor Statistics, BLS) — ma’lumotlariga muvofiq, — 2012-yilda yuksak texnologik ish o‘rinlarining 34 foizini qizlar egallaganlar. Joriy yilda ko‘rsatkich ikki bora ortdi, ya’ni IT-bozorida erkaklar 40% ish o‘rinlarini egallaganlar. Bundan tashqari, boshqa sohalarda bo‘lgan holatning aksi sifatida erkaklar ham, ayollar ham o‘rtacha bir xil maosh olmoqdalar.

BLS hisobotida texnologik sektorda ayollar taxminan 93–97% ish turini amalga oshirayotganliklari ko‘rsatilgan. Boshqa sohalarga xos bo‘lmagan holat, ya’ni biznesning 77 foizini ayollar amalga oshirmoqdalar.

Ta’kidlash kerakki, AQSH’da hatto dasturchi-ayollar uyushmasi (Association for Women in Computing) ham mavjud bo‘lib, u IT-ta’limni egallagan ayollarni kompaniyalarga ishga joylashtirish kabi ishlarni amalga oshiradi.

Misol uchun, rahbar lavozimlarni ayollar egallagan yirik IT-gigantlar: HP rahbari Meg Uitman (Meg Whitman), IBM — bosh direktori — Jinni Rometti (Ginni Rometty), Yahoo rahbari Marissa Mayerni ko‘rsatish mumkin.

Rossiya IT-industriyasining eng taniqli bizneschi-xonimlaridan biri — Natalya Kasperskaya bo‘lib, korporativ ma’lumotlarning himoyasi bo‘yicha xususiy biznes — Infowatch firmasini yo‘lga qo‘ygan.

Manba: www.3dnews.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq