ZiyoNet axborot portalining bugungi kundagi yutuqlari va imkoniyatlari mavzusida o‘quv amaliy seminar

ziyo_13_12_2013

O‘quv amaliy va onlayn seminarni AndMI ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori T.Karimov olib bordi. Bugungi kundagi Ziyonet tarmog‘i hamda institutda talabalarning ushbu tarmoqdan foydalanishi imkoniyatlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng so‘zni kun tartibidagi birinchi masala bo‘yicha Axborot texnologiyalar markazi boshlig‘iga berdi.

U.Mirzalimov o‘zinig ma‘ruzasida bugungi ta‘lim oldida turgan asosiy vazifa yoshlarni fan-texnikaning eng so‘nggi yutuqlari bilan tanishtirish, ularni yangi innovatsion loyihalar yaratishga yo‘naltirish, har bir shahsda axborot qarama-qarshiligi va axborot madaniyatini shakllantirish kabilarga to‘xtalib o‘tdi. Talabalar axborot oqimini qabul qilishda samarali psixologik o‘z-o‘zini himoyalash, zamonaviy axborot jamiyati, uning asosiy jihatlari, ochiq axborot tizimlari, globallashuv jarayoni, axborot madaniyati, axborot havfsizligiga tahdid soluvchi manbalar borasida nazariy bilimga ega bo‘lishlari bilan birgalikda ularda amaliy ko‘nikmalarni ham shakllantirish dolzarb masalalardandir. Axborot hafsizligini hozirgi kunda taminlash yuzasidan video lavha namoyish qilindi.

ziyo_13_12_2013_1

So‘ng so‘z navbati Ziyonet ахborot-ta‘lim portali hodimi B.Ostonovga berildi.

B.Ostonov o‘z ma‘ruzasida talabalarga ID.uz haqida umumiy tushuncha, ZiyoNET ахborot-ta‘lim portalining bugungi kundagi yutuqlari, ZiyoNET ахborot-ta‘lim portalining “Кutubxona” bo‘limi, ZiyoNET loyihalari: fikr.uz, uTube.uz, tanlov.uz, o‘yinlar haqida to‘liq ma‘lumotlar berib o‘tdi. ZiyoNET resurs markazi bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta‘lim-axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-191 sonli qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta‘minlash maqsadida tashkil etilgan. ZiyoNET portali resursiga ega bo‘lib, undagi jamlangan material va servislar ta‘limga yo‘naltirilgan. Ziyonet.uz portaliga tashrif buyursangiz, uTube.uz videoportalidan ta‘limga oid oxirgi yangiliklardan xabardor bo‘lish bilan bir qatorda, Tanlov.uz saytidan tanlovlar orasida aksiya va grantlar to‘g‘risida ma‘lumotlarni bilib olasiz. Barcha eng qiziqarli loyihalar avtomat tarzda ziyonet.uz ning birinchi sahifasida nashr etiladi.

ziyo_13_12_2013_2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875 sonli qaroriga asosan uTube.uz saytiga 1167 tа chet tillarni o‘rganish uchun har hil videomateriallar qo‘yilgan.

B.Ostonov o‘z ma‘ruzasida fikr.Uz, tanlov.uz, grantlar, tanlovlar va aksiyalar hamda uMail.uz bepul elektron pochta haqida ham to‘liq ma‘lumotlarni berib o‘tdi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan berilgan savollarga Ziyonet ахborot-ta‘lim portali hodimlari B.Ostonov, F.Shomirzayev tomonidan to‘liq, yetarlicha ma‘lumotlar berildi.

Tadbir so‘ngida barcha talabalar ID.uz va uMail.uz tizimidan ruyhatdan utishdi. Ziyonet.uz da “Кutubxona” bo‘limi, tanlov.uz, fikr.uz veb sahifalari imkoniyatlari yaqindan tanishildi.

Manba: www.fikr.uz

Orphus system