“Bravo Ooo!” aksiyasi: “Beeline” “Yangi O!” tarifining abonentlari uchun bonuslarni ikki karra oshirdi

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) mashhur “Yangi O!” tarifining abonentlari uchun “Bravo Ooo!” aksiyasini o‘tkazmoqda. Endilikda “Yangi O!” TR abonentlari hisoblarini $2,99 dan ortiq mablag‘ga to‘ldirganlarida 2 barobar ko‘p bonusga – tarmoq ichidagi muloqot uchun 7 kunga 200 daqiqa va dam olish kunlari qo‘shimcha 200 daqiqaga ega bo‘ladilar.

“Ilgari bo‘lgani kabi, mijozlar balansni to‘ldirgan mablag‘ aloqaning boshqa xizmatlariga sarflanadi, daqiqalar esa mutlaqo bepul taqdim etiladi, – deydi “Unitel”ning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – Farqli tomoni shundaki, endilikda to‘lov 50% oshirilganida “Yangi O!” abonentlariga 100% ko‘p bonuslar ayni ular zarur bo‘lgan payt – shanba va yakshanbaga kunlariga beriladi”.

“Bravo Ooo!” aksiyasi ulanishni talab qilmaydi. Bonuslar avtomatik tarzda balans talab qilinayotgan summaga to‘ldirilganida qo‘shiladi. Hisob $2 dan $2,99 gacha to‘ldirilganida “Yangi O!” TR abonentlariga ilgari bo‘lgani kabi bir hafta davomida “Beeline” ichki tarmog‘ida muloqot qilishlari uchun 200 daqiqa beriladi. Bepul daqiqalar sonini *106# kodi yordamida tekshirish mumkin.

Aksiya 2014 yil 1 martga qadar amal qiladi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system