“Beeline” mobil ilovasi — iPad foydalanuvchilari uchun a’lo darajadagi yordamchi
12.12.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “iPad — Beeline Uzbekistan” planshetli kompyuterlar foydalanuvchilari uchun o‘zining birinchi rasmiy mobil ilovasini taqdim etadi. Ushbu yangilik kompaniya abonentlariga uskunada o‘z servislarini boshqarish uchun a’lo darajadagi yordamchiga egalik qilish imkonini beradi.

“Beeline Uzbekistan” mobil ilovasining prinsipial qulayligi uning texnologik jihatdan o‘ng‘ayligi bilan ifodalanadi – endilikda iPad foydalanuvchilari o‘z uskunalarida xizmatlarni yoqishlari va o‘chirishlari, tarif rejalarini almashtirishlari va internet-paketlarni xarid qilishlari mumkin, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. — Shu tariqa biz mijozlarimizga mustaqil ravishda kerakli sozlamalarni tanlash va doimo onlaynda bo‘lishga ko‘maklashmoqdamiz”.

beeline_12_12_2013

“Beeline Uzbekistan” mobil ilovasini mutlaqo bepul ravisha quyidagi ishora bo‘yicha yuklab olish mumkin: https://itunes.apple.com/us/app/beeline-uzbekistan/id722072887?mt=8

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq