“Beeline”ning Janubi-G‘arbiy hududiy filiali 7 yilligini nishonlamoqda
10.12.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) kompaniyaning Buxoro va Navoiy viloyatlari huddudlarida xizmat ko‘rsatuvchi Janubi-G‘arbiy hududiy filialining (JG‘HF) yetti yillik faoliyatining yakunlarini sarhisob qilmoqda. Filial ochilgan paytdan boshlab uning abonentlik bazasi 19 marotabadan ko‘pga oshgan.

“Janubi-G‘arbiy filial o‘zining sanoat, agrar, eng asosiysi – insoniy salohiyatidan kelib chiqib, doimo “Beeline”ning O‘zbekistondagi eng ilg‘or klasterlardan biri hisoblangan, – JG‘HF faoliyatining yakunlarini sharhlaydi “Unitel”ning hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori G‘ulom Ortiqov. – Mintaqada kompaniyaning innovatsion yetakchiligi tarmoqlanib ketgan 3G tarmog‘idan tashqari Uchquduq va Zarafshondagi FTTB texnologiyasi bo‘yicha katta tezlikdagi Internetning optik tolali liniyalari bilan o‘z isbotini topadi. Bugungi kunda “Beeline”ning yuzlab savdo shahobchalari va eksklyuziv salonlari nafaqat servisning yuqori darajasini, balki minglab ish o‘rinlarini ham ta’minlab bermoqda”.

beeline1_10_12_2013

Korporativ mijozlarga individual yondashuv mintaqaning ko‘plab kompaniyalari uchun “Beeline Business” foydasiga hal qiluvchi argumentga aylandi. Jumladan, Buxoro va Navoiy viloyatlarida eng yirik operatorning korporativ aloqasidan “Navoiyazot” OAJ, “Qizilqumsement” AJ, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi kabi yirik tashkilotlar va boshqalarning minglab abonentlari foydalanmoqdalar.

Keyingi yillarda “Beeline”ning ikkita viloyatdagi tarmog‘i deyarli 5 barobar kengaytirildi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq