“Beeline” navbatdagi g‘oliblarga Mega Aksiyaning millionlik cheklarini taqdim qildi
10.12.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) Buxoro va Navoiy viloyatlariga xizmat ko‘rsatuvchi Janubi-G‘arbiy filial abonentlari orasidan Mega Aksiya g‘oliblarini taqdirladi.

O‘tgan haftada Buxoro va Navoiyda 1 000 000 so‘mlik qiymatga ega ramziy cheklar 15, 22 va 29 noyabr kunlari FM 101 “O‘zbegim Taronasi” radiostansiyasining efirida o‘tkazilgan Mega Aksiyaning haftalik o‘yinlarining g‘oliblariga berildi.

beeline_10_12_2013

“Mega Aksiya doirasida yigirma sakkiz kishi million so‘mdan yutib olishdi, boshqa yuzlab sovrinlar haqida gapirmasak ham bo‘ladi, – deydi “Unitel”ning tijorat direktori Dmitriy Grigorev. – Tez kunlarda O‘zbekistonning barcha mintaqalarining aholisi o‘rtasida bir yo‘la 13 ta “Spark” avtomobili o‘ynaladi, hozircha esa har bir kishida Mega Aksiyaga qo‘shilish imkoniyati bor: «Beeline” loyihasida g‘olib bo‘lish imkoniyati barchada bir xil!»

beeline_10_12_2013_1

Eslatib o‘tamiz, haftalik qimmatbaho va bunsli sovrinlar o‘yinlarida ishtirok etish uchun 4 noyabrdan boshlab dushanbadan yakshanbaga qadar aloqa xizmatlariga kamida bir marotaba $2 dan ortiq mablag‘ sarflagan holda «Beeline»ning faol abonenti bo‘lish lozim. “Status” seriyasining tarif rejalarining abonentlari Mega Aksiyada avtomatik tarzda ishtirok etmoqdalar.

beeline_10_12_2013_2

Bosh sovrin – 13 ta «Chevrolet Spark” avtomobilining o‘yini 2013 yil 27 dekabr kuni to’g’ridan-to’g’ri TV efirida ilgarigi kundalik million so‘m hamda bonusli sovrinlar o‘yinida bir marotaba bo‘lsa ham ishtirok etgan va g‘olibni aniqlash paytida faol bo‘lgan barcha abonentlar orasida o‘ynaladi.

beeline_10_12_2013_3

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq