ТАТU va soha mutaxassislari bilan uchrashuv

kadr_9_12_2013

“O‘zbektelekom” AK Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish Markazida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va Respublikaning telekommunikatsiya tarmoqlarida ilmiy ishlanmalarni joriy etishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining (TATU) yetakchi olimlari, “O‘zbektelekom” AK’ning rahbar xodimlari va O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Dvalat Qo‘mitasining ma’sul xodimlari ishtirok etishdi.

Davra suhbatiga TATU rektori X.A. Muxitdinov raislik qildi.

kadr_9_12_2013_1

Davra suhbati TATU bakalavr va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, universitet o‘quv-texnik bazasini rivojlantirishda “O‘zbektelekom” AK tomonidan amaliy yordam ko‘rsatish, o‘quv laboratoriyalari va stendlarni yaratish, talabalarning yozgi amaliyot joyi bilan ta’minlash muammolariga bag‘ishlandi. Uchrashuv a’zolari magistrlarni tayyorlashga talablarning oshishi ular tomonidan bajariladigan kurs ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzulari telekommunikatsiya tizimlarini takomillashtirish muammo va vazifalariga yaqinlashtirishni talab etishini ta’kidlab o‘tildi.

Muhokamalar jarayonida tayyorlanayotgan doktorlik dissertatsiya mavzulari ham soha muammolariga qaratilishi kerakligini ta’kidlandi.

kadr_9_12_2013_2

Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan asosiy e’tibor fan va yangi texnologiyalar sohasida mustahkam hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi. TATU olimlari olib borayotgan ilmiy-tadqiqotlar tematikasi batafsil yoritib berildi, tadqiqot natijalarini telekommunikatsiya sohasida qo‘llanilish darajasi tahlili keltirildi. Bulardan tashqari, billing tizimini dasturiy qo‘llab-quvvatlash va autsorsing, NGN va Geoaxborot tizimlar texnologiyalarini joriy etish, axborot-resurslarini monitoring qilish, IP-telefoniya kabi dolzarb muammolar ikki tomonlama tahlil etildi. Shu bilan birga, tarmoqni boshqarishning apparat-dasturiy vositalarini yaratish va joriy etish, nazorat va ma’lumot uzatish trafigini takomillashtirish, aholiga servis xizmat ko‘rsatish turlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Axborot xavfsizligi, optik tolali kanallarni va abonent vositalarini rivojlantirish muammolariga alohida e’tibor qaratildi.

Davra suhbati ishtirokchilari shunday uchrashuvlarni davom ettirishni, muhokama etilayotgan muammolar doirasini kengaytirishni hamda hozirgi kunda ishlab chiqarish va ta’lim jarayonini integratsiyasiga katta ahamiyat berilishini aytib o‘tishdi.

Manba: www.tuit.uz

Orphus system