Shimoliy-Sharqiy Yevropa davlatlari Oliy ta’lim muassasalari talabalari jamoalari orasida Dasturlash bo‘yicha jahon chempionatining yarim final musobaqasi
09.12.2013
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Shimoliy-Sharqiy Yevropa davlatlari Oliy ta’lim muassasalarining talabalari orasida ASM yo‘nalishi bo‘yicha jamoali jahon chemponatining yarim final musobaqalari 2013-yil 1-dekabr kuni to‘rtta shaharda — Sankt-Peterburg (Sankt-Peterburg axborot texnologiyalari, mexanika va optika ilmiy-tadqiqot universiteti), Toshkent (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti), Tbilisi (Tbilisi davlat texnika universiteti), Barnaul (Barnaul davlat texnika universiteti) shaharlarida bir vaqtda, bir xil masalalarda, natijalarni onlayn-sinxronlashtirilgan holatida bo‘lib o‘tdi.
Mаzkur musobaqaning “Middle Asia” hududida jami 44 ta jamoa qatnashdi. Jumladan, O‘zbekistondan 19ta, Qozog‘istondan 25ta. Musobaqada jami 11ta masala va ularni ishlash uchun reglamentga ko‘ra 5 soat vaqt berildi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan musobaqa natijalari quyidagicha:
1-o‘rin. Toshkent shahridagi Moskva davlat universiteti filialining 1-jamoasi. Treneri Sheraliyev Shuhrat. Jamoa a’zolari: Sitdikov Temur, Soliyev Behzod, Bistrigova Anastatsiya.
2-o‘rin. Qozog‘iston Nazarboyev universiteti 2-jamoasi. Treneri Makagonov Sergey. Jamoa a’zolari: Dexkanov Anuar, Kanapin Nurlan, Shaxibay Adelat.
3- o‘rin. TATU ning 1-jamoasi jamoasi. Treneri Nazirov Shodmanqul. Jamoa a’zolari: Xojiyev Sunatillo, Ubaydullayev Ayubxon, Matchanov Sirojiddin.
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi bo‘lib, Dasturlash bo‘yicha jahon chempionatining final musobaqasiga Toshkent shahridagi Moskva davlat universiteti filiali jamoasini yo‘l oldi.
Manba: www.tuit.uz, www.msu.uz