“O‘zbekiston OAV va axborot xizmatlari salohiyatini yanada oshirish masalalari” loyihasi doirasida seminar-trening o‘tkazildi
08.12.2013
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Joriy yilning 5-7 dekabr kunlari “Poytaxt” biznes-markazida O‘zbekiston Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab- quvvatlash va rivojlangirish jamoat fondi, Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazi va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) O‘zbekiston Respublikasidagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda 2013-2014 yillarda tatbiq etilayotgan “O‘zbekiston OAV va axborot xizmatlari salohiyatini yanada oshirish masalalari” loyihasi doirasida markaziy nashrlarning bosh muharrirlari uchun seminar-trening o‘tkazildi.

sem_8_12_2013

Loyihaning asosiy maqsadi — ochiqlik, xolislik, voqelikni o‘z vaqtida yoritish va tahlil qilish, shuningdek, jurnalistlar tomonidan materiallar tayyorlashda ichki senzuraga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalar bo‘yicha huquqiy bilimlarni oshirish va xalqaro tajribani o‘rganish hamda OAV va axborot agentliklari xodimlarining yanada professionallik darajasini oshirishdan iborat. Amalga oshirilayotgan mazkur loyiha doirasida Buyuk Britaniyadan taklif etilgan ekspertlar 3 kun mobaynida amaliy seminarlarda ishtirokchilarga xorijiy jurnalistika sohasida erishilayotgan ijobiy yutuq va tajribalari borasida ma’lumotlar berib o‘tdilar.

sem_8_12_2013_1

Bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, chet tillarni puxta egallagan jurnalistlarning yangi avlodi shakllanib kelayotgani barchamizga ma’lum. Biroq, jurnalistlarimiz oldida bugungi kunda respublikamizda, ma’naviy hayot va bu yo‘nalishda olib borilayotgan siyosatni, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan zamon bilan hamohang rivojlantirish maqsadida milliy qadriyatlarni ko‘z qorachig‘idek asrab, shu bilan birga, jahon miqyosida erishilgan, e’tirof etilgan umumbashariy yutuqlarga tayanib, ularni o‘zlashtirib ish olib borish vazifasi turibdi. Bu mezonlar matbuot va ommaviy axborot vositalari faoliyatining asosiy tamoyillarini tashkil qilishi, shuningdek, jurnalistlarni yanada ziyrak, doimo izlanishda bo‘lishi pofessional bilim va saviyasini, mahorat va tajribasini oshirish uchun o‘z ustida tinimsiz ishlash talab etilmoqda.

sem_8_12_2013_2

Shu maqsadda tashkil etilgan mazkur seminar-treninglarda jurnalistlarning faktlardan foydalanishi, ulardagi aniqlik, xolislik kabi soha vakillariga qo‘yiladigan talablar, shuningdek, jamoatchilik bilan hamkorlik qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilg‘op tajribalardan foydalanish, muharrirning tahririyat ijodiy xodimlari bilan ishlashda o‘zaro munosabatlar samaradorligini yanada oshirishda xorijiy tajriba almashildi. OAV jamiyat siyosiy tizimining tarkibiy qismi ekanligi, uning rivojlanishiga ko‘maklashishi, g‘oyalar, qarashlar, ta’limotlar, siyosiy dasturlarni shakllantirish jarayonlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi va bu bilan ijtimoiy boshqaruvda ishtirok etishi haqida fikrlar bugungi kunda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

sem_8_12_2013_3

OAV jamiyat, turli ijtimoiy guruhlar, alohida shaxslar manfaatlarini ifoda etadi. Ularning faoliyati muhim ijtimoiy-siyosiy oqibatlarga ega, chunki auditoriyaga qaratilgan axborotning xarakteri uning voqelikka munosabati va ijtimoiy sa’y-harakatlar yo‘nalishini belgilaydi. Ijtimoiy fikrni shakllantirish, muayyan ijtimoiy ko‘rsatmalar, qarashlarni ishlab chiqish orqali OAV insonni aniq yo‘nalishlarga qaratilgan xatti-harakatlarga undaydi. Shunday ekan, trening davomida u yoki bu jarayonlarni yoritishda muharrirlarning pozitsiyasi borasida ham alohida takdimotlar bo‘lib o‘tdi.

sem_8_12_2013_4

Seminar-trening interfaol tarzda o‘tkazilib, unda ishtirokchilar va ekspertlar tomonidan milliy media-soha faoliyatidagi dolzarb masalalar muxokama etildi. Tadbirda bugungi kunda OAV xodimlari salohiyatini takomillashtirish, ularning auditoriya bilan qayta aloqani hamda o‘zaro hamkorlikni ta’minlash uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Internetning keng imkoniyatlaridan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi bu davr talabi, shu bilan birga, bu borada ularning materiallarni tayyorlashda faktlardan xolis foydalanishi, kasbiy mas’uliyati va majburiyati ham katta ahamiyati borasida fikr almashildi. Treninglar yakunlari bo‘yicha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq