Konstitutsiya – huquqiy davlat poydevori

uz_6_12_2013

2013 yilning 5 dekabr kuni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasida davlatimiz Qomusi qabul qilinganligining 21 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan, mustaqil mamlakat tarixida tub burilish yasagan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqi, sha’ni va qadr-qimmati eng oliy qadriyat, deb belgilab qo‘yilgani va bosh Qomus inson manfaatlari uchun xizmat qilayotgani, mazkur tarixiy hujjat jamiyatmiz va davlatning barcha sohalari, xalq va millat manfaatlarini o‘zida aks ettirgani ta’kidlandi.

Soha xodimlari va huquqshunoslar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda yuridik fanlari nomzodi I.V.Kudryavsev “Konstitutsiya – huquqiy davlat poydevori” mavzuidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Ma’ruzada tarixiy hujjat xalqimizning farovon hayoti, xalqaro hamjamiyatda mamlakatimizning obro‘-e’tiborini oshirish, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, fuqarolar totuvligi hamda diniy bag‘rikenglikni mustahkamlashning huquqiy asosi, dinlar va millatlararo bag‘rikenglik garovi, xalqimizning baxti va saodatining poydevori bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusidagi ma’ruzasida barcha sohalarda huquqiy asosning yaratilishi, Konstitutsiyada bularning kafolatlangani jamiyat taraqqiyotining garovidir.

Manba

Orphus system