“Beeline”ning foizsiz xizmat to‘lovlari terminallari yirik savdo markazlariga o‘rnatildi

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) poytaxtning yirik savdo markazlarida kompaniyaning foizsiz xizmat to‘lovlari terminallarini o‘rnatishga kirishdi. Mazkur qurilmalar yordamida abonentlar tranzaksiya uchun komissiya xaqini to‘lamasdan xisobini to‘ldirishi mumkin.

beeline_6_12_2013

“Ilk bor biz terminallarimizni bir oy avval matbuot-anjumanida taqdim etgandik. O‘shanda OAV vakillari birinchilar qatori yangilikni sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘lishgandi, – deya qayd etdi “Unitel”ning ommaviy bozorda sotuvlar bo‘yicha direktori Maksim Yefremov. – O‘shandan beri biz mijozlarga “Beeline” xizmatlarini bir qadam yaqinlikda komissiyasiz to‘lash imkoniyatini yaratish maqsadini ko‘zlovchi loyixani amalga oshirishga kirishdik”.

Bugunoq “Beeline”ning sariq terminallari “Korzinka.uz” supermarketlari (S.Azimova va YU.X.-Xojib ko‘chalari), “Smart” do‘koni (Radjabiy ko‘chasi,60), shuningdek “Poytaxt” va “Kontinent” savdo markazlarida to‘lovlarni qabul qilishmoqda.

Mazkur voqeani sharxlar ekan, “Unitel”ning mintaqaviy rivojlanish bo‘yicha direktori G‘ulom Ortiqov shunday dedi: “Hozirda o‘nlab yangi terminallar Toshkentning eng taniqli joylariga o‘rnatilishga tayyor. Keyingi bosqich – tarmoqlarining boshqa viloyatlarga kengayishi va xizmatning yangi darajasini O‘zbekistonning butun aholisiga taqdim etishdir”.

Eslatamiz, apparat yordamida abonent xisobini ham naqd, ham bank plastik kartasi orqali to‘ldirish mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system