“Beeline Uzbekistan” – “Odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmog’idagi eng ommalashgan mobil operatori

beeline_5_12_2013

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) “Odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmog‘idagi obunachilar soni bo‘yicha 1-raqamli operator sifatida tan olindi. E’lon qilingan reyting natijalari bo‘yicha “Beeline Uzbekistan” sahifasi 519 000 foydalanuvchi bilan yuqori qatorni egalladi.

Natijalarni sharhlar ekan, “Odnoklassniki.ru” matbuot kotibi Ilya Grabovskiy shunday dedi: “Beeline” – biz uchun muhim hisoblangan O‘zbekiston bozorida asosiy hamkorimiz va biz operatorning sahifasi eng yirik hamjamiyatlar qatoriga ekanligidan mamnunmiz. Yarim million obunachilar – bu katta muvaffaqiyat! Ko‘rinib turibdi-ki, kompaniya ijtimoiy tarmoqdagi ishlarga katta e’tibor qaratmoqda va hamkorligimiz keyinchalik ham dinamik tarzda rivojlanib borishiga ishonaman”.

Ijtimoiy tarmoq ma’lumotlariga ko‘ra, “Beeline Uzbekistan” mobil operatorlarining eng ommaviy sahiflar ro‘yxatida yaqin raqobatchisidan 2 barobar o‘zib, dadil yetakchilik qilmoqda.

“MegaFon”, “Orange” va “Tele2” kabi yirik xalqaro operatorlar kirgan reytingda yetakchilik qilish biz uchun katta sharaf, – deydi “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Biz ijtimoiy tarmoqlar tufayli abonentlar bilan tezkor qayta aloqa borligini qadrlaymiz va bu ma’noda “Odnoklassniki.ru” biz uchun iste’molchilar bilan muloqot qilish uchun asosiy maydon hisoblanadi”.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system