“Beeline” “Status” seriyasining tarif rejalaridagi kiritilgan daqiqa va SMSlar sonini ikki karra oshirdi
05.12.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) “Status” abonentlari uchun tarif shartlari yaxshilanganligini e’lon qiladi. 2013 yil 1 dekabrdan boshlab “Status” mijozlari uchun daqiqa va SMS soni ikki karra oshirildi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev shunday dedi: “Status” abonentlari alohida yondashuvga ko‘nikkanlar va men takliflarimizni yanada yaxshilash imkonimiz borligidan xursandman. Sentabrda biz kiritilgan internet-trafik miqdorini ikki karra oshirganmiz, endilikda esa xuddi shuni daqiqa va SMSlarga nisbatan qo‘lladik. O‘sha mablag‘ evaziga ikki barobar ko‘p muloqot qilish – bu bizning “Status” mijozlariga bo‘lgan yangi yil oldi sovg‘amiz”.

“Status”ning yangi tarif shartlari:

“Status Silver” (abonentlik to‘lovi – oyiga $12,99)
• Tarmoq ichida kiritilgan daqiqa va SMS paketi – 3000
• Boshqa yo‘nalishlardagi kiritilgan daqiqa va SMS paketi – 300
• Kiritilgan Megabaytlar paketi – 300

“Status Gold” (abonentlik to‘lovi – oyiga $24,99)
• O‘zbekiston bo‘ylab barcha yo‘nalishlardagi kiritilgan daqiqalar paketi – 5000
• O‘zbekiston bo‘ylab barcha yo‘nalishlardagi kiritilgan SMS paketi – 5000
• Kiritilgan Megabaytlar paketi – 500

“Status Platinum” (abonentlik to‘lovi – oyiga $44,99)
• O‘zbekiston bo‘ylab barcha yo‘nalishlardagi kiritilgan daqiqalar paketi – 10 000
• O‘zbekiston bo‘ylab barcha yo‘nalishlardagi kiritilgan SMS paketi – 10 000
• Kiritilgan Megabaytlar paketi – 1000

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq