“Rapida” – “Beeline”ning Rossiyadagi “Horijiy to‘lov” xizmati bo‘yicha yangi hamkori
04.12.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) “Horijiy to‘lov” xizmati bo‘yicha pul qabul qilish tarmog‘i kengaytirilganligi haqida xabar beradi. “Rapida” to‘lov tizimi Rossiyadan to‘lovlarni qabul qilish uchun kompaniyaning hamkorlik tarmog‘iga qo‘shildi.

beeline1_4_12_2013

“2009 yilning bahorida “Beeline” O‘zbekistonda transchegaraviy to‘lovlar servisini yo‘lga qo‘ygan birinchi operatorga aylandi, – qayd qildi “Unitel”ning ommaviy bozordagi savdosi bo‘yicha direktori Maksim Yefremov. – Mana besh yildirki, mijozlarimiz Rossiya yoki Qozog‘istonda bo‘la turib, o‘z balanslarini va O‘zbekistondagi yaqinlarining hisoblarini to‘ldirishlari mumkin. MDHdagi eng yirik to‘lov tizimlaridan biri bilan ish boshlaganimizdan mamnunmiz”.

Rossiya Federatsiyasi hududida 11 yildan ortiq faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Rapida” to‘lov tizimi to‘lov operatsiyalari amalga oshiriladigan kanallarining yuqori himoyalanganlik darajasi bilan ajralib turadi. Keng to‘lov qabul qilish tarmog‘i – butun Rossiya bo‘ylab 90 000 dan ortiq shahobcha – “Unitel” abonentlari uchun “Horijiy to‘lov”dan foydalanishni maksimal darajada qulaylashtiradi. To‘lovlar Rossiyaning eng yirik savdo tarmoqlarida (shu jumladan “Yevroset” va “Svyaznoy”larda ham), bankomat va o‘z-o‘ziga xizmat ko’rsatish terminallarida qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, “Horijiy to‘lov” “Unitel” abonentlariga Rossiya yoki Qozog‘istonda bo‘la turib, osonlikcha shaxsiy yoki “Beeline”ning O‘zbekistondagi istalgan abonentining hisobini to‘ldirish imkonini beradi. Bundan tashqari Rossiya yoki Qozog‘iston abonentlari “Unitel” abonentlari bo‘lgan do‘stlari yoki qarindoshlarining aloqa xizmatlaridan foydalanishlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. To‘lovlar bo‘lib turgan mamlakatdan kelib chiqqan holda, Rossiya rubli yoki tengeda qabul qilinadi. To‘lovchiga konvertatsiya kursi va qo‘shimcha vositachilik haqidagi barcha axborot bank kassalari va terminal ekranlarida to‘lov kiritilish paytida taqdim etiladi.

“Horijiy xizmat” xizmati faqatgina Rossiya va Qozog‘istonda bo‘lib turgan yoki yashaydigan, aloqa yohud mobil Internet xizmatlari uchun to‘lovni amalga oshirishni istagan jismoniy shaxslarga amal qiladi. Mazkur xizmatdan faqatgina oldindan to‘lov tizimidagi tarif rejalaridan foydalanuvchi “Unitel” abonenti balansini to‘ldirish uchun foydalanish mumkin.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz va www.rapida.ru saytlarida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq