“Beeline” Mega Aksiyaning millionlarini topshirdi
04.12.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) poytaxt va Farg‘ona vodiysining uchta shaharida Mega Aksiyaning ilk g‘oliblarini mukoftlashni tashkillashtirdi.

beeline_4_12_2013

O‘tgan haftada Andijon, Namangan, Toshkent va Farg‘onada Mega Aksiyaning sovrinli millionlari 15 va 22 noyabr kunlari FM 101 “O‘zbegim Taronasi” radiostansiyasining efirida bo‘lib o‘tgan birinchi haftalik o‘yinlarning g‘oliblariga topshirildi. Kompaniyaning Toshkent va Sharqiy filiallari rahbarlari tomonidan g‘oliblarga 1 000 000 so‘mlik qiymatga ega ramziy cheklar berildi.

beeline_4_12_2013_1

“Mega Aksiyaning farqli tomoni nafaqat barcha ishtirokchilarda g‘olib bo‘lish imkoniyati tengligida, balki unga istalgan paytda qo‘shilish mumkinlida hamdir, – deydi “Unitel”ning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – Shunday ekan, sovrinli loyihamiz eng avjida: “Beeline”ning har bir abonentida balansni muntazam to‘ldirib borishi va uning qiymatiga qaramasdan sovrinli avtomobil egasiga aylanish imkoniyati bor”.

beeline_4_12_2013_2

Eslatib o‘tamiz, haftalik qimmatbaho va bonusli o‘yinda ishtirok etish uchun 4 noyabrdan boshlab dushanbadan yakshanbaga qadar aloqa xizmatlariga $2 dan ortiq mablag‘ sarflagan holda, “Beeline”ning faol abonenti bo‘lish lozim. “Status” seriyasining tarif rejalarining abonentlari Mega Aksiyada avtomatik tarzda ishtirok etishmoqda.

beeline_4_12_2013_3

Bosh sovrin – 13 ta “Chevrolet Spark” avtomobilining o‘yini 2013 yil 27 dekabr kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri TV efirida oldingi kundalik million so‘m va bonusli sovrinlar o‘yinlarida bir marotaba bo‘lsa ham ishtirok etgan va g‘olibni aniqlash paytida faol hisoblangan barcha abonentlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq