Aloqa sohasi xodimi – yuqori natijalarga erishgan mukofotlangan yoshlar qatorida e’tirof etildi

uz_4_12_2013

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yilning 3 dekabrida “Yuqori natijalarga erishgan bir guruh iqtidorli yoshlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan bir guruh yoshlar qator davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Muvaffaqiyatlarga erishgan, yurtimiz sharafini dunyoga tanitgan, yurt ravnaqi yo‘lida xizmat qilayotgan, hukumat tomonidan munosib rag‘batlantirilgan yoshlar orasida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “Billing Telekom” filiali dasturchi-muhandisi Atadjanov Jasurbek Abdusharibovich ham bor.

Yoshlarimizning samarali mehnati, tashabbuskorligi va alohida yutuqlari bilan Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta’minlashga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda jamoat ishlaridagi faol ishtirokiga muvaffaqiyat tilaymiz.

Manba

Orphus system