“Beeline” abonentlari SIM-kartalarini masofadan almashtirishlari mumkin
03.12.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) “Zaxiradagi SIM-karta” xizmatini ishga tushirganligi haqida xabar beradi. Kompaniya ofislarida yangi servisni yoqtirib, abonentlar zarur bo‘lganida call-markazga qo‘ng‘iroq qilib yoki “Onlayn-maslahatchi”ga murojaat etgan holda SIM-kartani masofadan almashtirishlari mumkin”.
“Endilikda SIM-karta yo‘qolganida yoki ishdan chiqqanida xizmat yoqilgan bo‘lsa, abonentning uni almashtirish uchun “Beeline” ofisiga kelishi shart emas, – qayd qiladi “Unitel”ning ommaviy bozorlardagi savdosi bo‘yicha direktori Maksim Yefremov. – SIM-kartani masofadan – uydan yoki ofisdan chiqmasdan, shunchaki telefon yohud chat orqali kompaniya operatorlariga murojaat qilgan holda almashtirish mumkin”.
SIM-kartani almashtirish uchun “Beeline”ning mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmatiga 0611, 0612, 0777 raqamlaridan biriga qo‘ng‘iroq qilgan holda yoki “Onlayn-maslahatchi” http://0611.beeline.uz chati orqali zaxiradagi SIM-kartaning seriya raqamining oxirgi 11 ta raqamini aytish lozim.
“Zaxiradagi SIM-karta” xizmatini O‘zbekistonning butun hududida joylashgan “Beeline”ning xususiy ofislarida yoqtirish mumkin. Xizmatni yoqtirish narxi – $1 (So‘mlik tariflardagi abonentlar uchun 2200 so‘m).
Batafsil ma’lumot – www.beeline.uz saytida.
Manba: kompaniya press-relizi