Abdusopi Qayumov “WCG 2013” Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasini “FIFA14” reytingida beshinchi o‘ringa olib chiqdi
02.12.2013
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

wcg_2_12_2013_1

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) O‘zbekiston terma jamoasining Xitoyda bo‘lib o‘tgan “World Cyber Games 2013” e-sport bo‘yicha Jahon chempionatidagi ishtirokining yakunlarini sarhisob qilmoqda. Xalqaro musobaqalar debyutanti, toshkentlik Abdusopi Qayumov 1/4 finalgacha chiqdi, u yerda argentinalik geymer Xuan Fransisko Sotulloga ikkita uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘yinni boy berdi.

wcg_2_12_2013

Sayyoraning asosiy kiber o‘yinlarida mamlakatimiz sha’nini “Zo‘r-Zo‘r UCG 2013” O‘zbekiston Chempionati g‘olibi Abdusopi Qayumov va amaldagi Osiyo chempioni Pavel Saprikin himoya qildi. Ikkala e-sportchi “FIFA14” (eng ommalashgan futbol simulyatori) o‘yini bo‘yicha ishtirok etgan.

“O‘zbekistonning “AIMAG2013” Osiyo o‘yinlaridagi ajoyib ishtirokidan so‘ng, biz “WCG 2013” jahon chempionatida juda ham munosib qatnashdik. Abdusopi Qayumov dunyo kibersporti elitasi qatoriga kirdi, — ishtirok yakunlarini sharhlaydi terma jamoa rahbari Aleksandr Suchkov. — Yevropa, Osiyo va Amerikadan bo‘lgan o‘yinchilar bilan bir qatorda o‘ynash — bu, shubhasiz, oliy daraja. Bu shubha tug‘dirmaydigan muvaffaqiyat! Bizga ishonch bildirganlarning barchasiga rahmat!”.

Jahon birinchiligining yakunlariga ko‘ra Abdusopi Qayumosning g‘alabalari O‘zbekistonni “FIFA14”ning yakuniy hisobi bo‘yicha beshinchi o‘ringa olib chiqdi.

wcg_2_12_2013_2

“Bu O‘zbekistonning Jahon chempionatidagi ishtirokimiz tarixidagi eng yaxshi chiqishi, – deydi “Unitel”ning Jamoatchlik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Chorak finalda Abdusopi jahonning eng kuchli geymerlaridan biri – “WCG 2012” bronza sovrindori bilan to‘qnashishiga to‘g‘ri keldi, dar voqea, u bu yil ham uchinchi o’rinni egaladi. Bunda kurash deyarli teng bo‘lgan, shunday ekan e-sportchilarimizning keyingi ikki yildagi jiddiy o‘sishini alohida qayd qilishni istardim. Jamoamiz hamda e-sportchilar ushbu mavsumda xalqaro arenada erishgan muvaffaqiyatlari bilan faxrlanamiz”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi O‘zbekistonda e-sportga ko‘maklashmoqda. “Beeline” milliy terma jamoaning “WCG 2013” Jahon chempionatidagi homiysi bo‘ldi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq