E-sport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining “WCG 2013” jahon chempionatidagi ishtiroki yakunlandi

wcg_30_11_2013

Chorak finalga 8 ta geymer: ikkita Argentinadan, shuningdek Germaniya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Eron, Kosta-Rika va O‘zbekistondan bittadan geymerlar chiqishdi.

Afsus, Ablusopi Qayumov ikkala uchrashuvni 2:0 hisob bilan argentinalik o‘yinchiga boy berib, medal uchun keyingi kurashlarda ishtirok etish imkonidan mahrum bo‘ldi.

wcg_30_11_2013_1

Pley-offning ikkinchi bosqichida finalga Germaniya va Erondan bo‘lgan e-sportchilar chiqishdi. Germaniya “FIFA” bo‘yicha ko‘p karralik chempion, eron esa jahon chempionatining finaliga ilk marta chiqdi. “GF WCG2013”dagi “FIFA14” turniri haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda.

wcg_30_11_2013_2

Eslatib o‘tamiz, a’zolarining soni ko‘p bo‘lmagan O‘zbekiston terma jamoasi “WCG2013” jahon chempionatining finalida rasmiy yettita o‘yinlarning biri – faqatgina “FIFA14” o‘yinida atigi ikkita sportchilar bilan ishtirok etgan.

Pavel Saprikin kichik guruhdan chiqa olmadi, Abdusopi Qayumovdan esa katta umid katta edi.

wcg_30_11_2013_3

“Men xalqaro musobaqalarda birinchi bor ishtirok etishim va, ehtimol, shuning uchun ham argentinalik o‘yinchi bilan uchrashuvlarimda tajribam yo‘qligi bilindi. Keyingi bosqichga o‘tolmganimdan afsusdaman. Men g‘alabaga intilgan edim!” — sharhladi o‘z ishtirokini Abdusopi Qayumov.

Jamoaning ikkinchi ishtirokchisi Pavel Saprikin pley-offdagi guruhdan chiqa olmaganligiga qaramay, terma jamoamizning “WCG 2013” jahon chempionati finalidagi ishtirokining o‘zini O‘zbekistonning 2004 yildan boshlab e-sport bo‘yicha jahon birinchiligidagi butun ishtiroki tarixidagi eng yaxshisi, deb hisoblash mumkin. Ilk bor bizning virtual futbolchimiz yakuniy natijada beshinchi o‘rinni egallab, sayyoradagi eng kuchli e-sportchilar sakkizligiga kirdi. Shuni anglash lozimki, “FIFA” o‘yini jahondagi eng ommalashgan sport simulyatori sanaladi. Shuning uchun ham ushbu yo‘nalishdagi jahon chempionatida raqobat juda-juda kuchli.

wcg_30_11_2013_4

Mazkur voqeani sharhlar ekan, terma jamoa rahbari Aleksandr Suchkov quyidagilarni qayd qildi: “O‘zbekistonning “AIMAG2013” Osiyo o‘yinlaridagi ajoyib ishtirokidan so‘ng, biz “WCG 2013” jahon chempionatida juda ham munosib qatnashdik. E-sportchilarimiz “FIFA” kabi millionlab insonlar orasida keng tarqalgan va murakkab hisoblangan o‘yinda eng yaxshi o‘yinchilarga aylandilar.

Abdusopi Qayumov jahon chempionatida 5-o‘rinni egallab, dunyo kibersporti elitasi qatoriga kirdi. Yevropa, Osiyo va Amerikadan bo‘lgan o‘yinchilar bilan bir qatorda o‘ynash, bu, shubhasiz, oliy daraja. Bu shubha tug‘dirmaydigan muvaffaqiyat! Bizga ishonch bildirganlarning barchasiga rahmat!”.

O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga O‘zbekistonda e-sportni ko‘p yillik qo‘llab-quvvatlab kelayotganligi uchun alohida minnatdorchilik bildiramiz.

“Bilayn”ga O‘zbekiston terma jamoasining “WCG2013” jahon chempioantiga tayyorlashda va undagi ishtirokida ko‘rsatgan homiylik ko‘magi uchun rahmat.

Orphus system