“Beeline”ning Sharqiy mintaqaviy filialiga – 7 yil

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) “Unitel”ning Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari abonentlariga xizmat ko‘rsatuvchi Sharqiy mintaqaviy filiali faoliyatining yetti yillik yakunlarini sarhisob qilmokda. Filial ochilganidan beri uning mijozlar bazasi 32 marotabaga oshdi.

beeline1_29_11_2013

“Sharqiy filial mamlakatning axoli zich yashaydigan viloyatlarini birlashtiradi, shuning uchun bu O‘zbekistondagi eng yirik klaster ekanligi mantiqan to‘gridir, – deya qayd etdi “Unitel”ning mintaqaviy rivojlanish bo‘yicha direktori G‘ulom Ortiqov. – Kompaniyamiz an’anaviy ravishda ko‘p yillar davomida Vodiyning uyali aloqa bozorida yetakchilik qilmoqda: mintaqaning eng yirik shaharlari birinchilar qatorida 3G tarmog‘i bilan qamrab olindi, bu esa internet-trafikni yuz martaga ko‘paytirish imkonini berdi. Bularning barchasi va boshqa kupgina omillar “Beeline”ning Farg‘ona vodiysida nafaqat faktga asoslangan, balki innovatsion jihatdan yetakchligini tasdiqlaydi”.

7 yil mobaynida mintaqaning minglab eng yirik tashkilotlari o‘z tanlovini “Beeline Business” foydasiga amalga oshirdi. Bugungi kunda kompaniyaning Vodiydagi korporativ mijozlari sifatida “General Motors Uzbekistan”, “Farg‘onaazot” OAJ, “Quvasoysement” AJ, “Agrobank” ATB, “Kapitalbank” ATB, “O‘zneftmaxsulot” AK va boshqa ko‘pgina soha yetakchilarini e’tirof etish mumkin.

Ish yakunlarini sharxlay turib, “Unitel”ning Sharqiy filiali direktori Sanjarbek Iminov shunday dedi: ““Beeline” strategiyasining birinchi navbatda bajariladigan bandlari – tarmoq sig‘imini oshirish bilan bir vaqtda qamrovni kengaytirish, shuningdek xizmat darajasining o‘sish sur’ati. Hozirda o‘nlab baza stansiyalari butun Farg‘ona vodiysi bo‘ylab ishga tushirilmoqda, dilerlik salonlari miqdori esa mingtaga yaqinlashdi. Va’da beramanki, yaqin vaqt ichida abonentlar ishimizda yanada ko‘proq ijobiy o‘zgarishlarni sezishadi”.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system