“Beeline” “Mobil laboratoriya”ni ishga tushirmoqda

beeline_29_11_2013

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z korporativ sahifasida virtual “Mobil laboratoriya”ni ishga tushirmoqda. Kompaniyaning barcha abonentlari – smartfon foydalanuvchilari “Beeline Uzbekistan” yangi maxsulotlarini sinovdan o‘tkazishda ishtirok etishi mumkin.

“Beelinening yangi xizmat va ilovalarini sinovdan o‘tkazish uchun virtual xamjamiyatning yaratilishi – kompaniya mijozlari foydasiga tashlangan navbatdagi qadamdir, — deydi “Unitel”ning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – Uning yordamida biz abonentlardan yanada ko‘prok qaytuvchi aloqani ola boshladik, ular telekommunikatsiya bozoridagi bizning yangi qadamlarimizga yashin tezligidek munosabat bildirishmoqda”.

So‘rovdan o‘tib, “Mobil laboratoriya” ishtirokchisiga aylanish uchun, “Beeline Uzbekistan” sahifasining obunachilari beshta oson savolga javob berishi va o‘z shaxsiy ma’lumotlarini ko‘rsatib (FISH, tug‘ilgan sana va telefon raqami), shaxsiy xabar bilan yuborishi lozim. So‘rov yakunlari bo‘yicha virtual xamjamiyat shakllantirilib, uning a’zolari Beeline maxsulotlari va mobil ilovalarini sinovdan o‘tkazish jarayoniga taklif etiladi. Testdan o‘tgan barcha qatnashchilarni kompaniyadan yoqimli sovg‘alar kutmoqda.

Tafsilotlar www.facebook.com/beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system