O‘zbekiston – e-sport bo‘yicha WCG 2013 Jahon chempionatining chorak finalida

wcg_28_11_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) Xitoydagi e-sport bo‘yicha WCG 2013 Jahon chempionatining dastlabki kuni yakunlarini e’lon qiladi. A guruxida o‘yinlar natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston vakili Abdusapi Qayumov ochkolar bo‘yicha barcha raqiblarini ortda qoldirib, birinchi pog‘onani egalladi va chorak finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Eslatamiz, XXRda bayrog‘imiz rangini Osiyo chempioni Pavel Saprikin va Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 O‘zbekiston Chempionati g‘olibi Abdusapi Qayumov himoya qilishmoqda. Har ikkala e-sportchimiz FIFA14 o‘yin turi bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etmoqda. “Bilayn” WCG 2013da e-sport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining homiysi bo‘ldi.

wcg_28_11_2013_7

“Jahon birinchiligining ilk kuni O‘zbekiston belgisi ostida o‘tdi, — dedi terma jamoa raxbari Aleksandr Suchkov. – Mamlakatimiz chempioni eng kuchli geymerlarni dog‘da qoldirib, A guruxida eng kuchli bo‘lib chiqdi. Oldinda pley-off, biroq guruxdan birinchi pog‘onadan chiqishning o‘zi xalqaro turnirlar debyutanti uchun ulkan muvaffaqiyatdir”.

Bugun Abdusapi Qayumov virtual futbol bo‘yicha beshta o‘yin o‘ynadi, shundan uchtasida g‘alaba qozondi, bittasida durrang qayd etdi, va yana bittasida imkoniyatni boy berdi. E-sportchimizning A guruxidagi o‘yin yakunlari:

• O‘zbekiston – Kanada 3:0
• O‘zbekiston – Ozarbayjon 4:0
• O‘zbekiston – Argentina 2:2
• O‘zbekiston – Buyuk Britaniya 0:1
• O‘zbekiston – Xitoy 4:1

wcg_28_11_2013_1

wcg_28_11_2013_2

wcg_28_11_2013_3

wcg_28_11_2013_4

wcg_28_11_2013_5

29 noyabr kuni B guruxi o‘yinlari o‘tkaziladi, unda amaldagi Osiyo chempioni – o‘zbekistonlik Pavel Saprikin ishtirok etadi. Unga Braziliya, Eron, Xitoy, Kosta-Rika va Meksikadan geymerlar raqiblik qiladi.

wcg_28_11_2013_6

Batafsil ma‘lumot – http://www.wcg.com/renew/tournament/2013/tm_match_list_2013.asp?gID=G130627100&fyear=2013&eventcode=E0065 saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system