“Bilayn” 3G tarmog‘ini Sirdaryo viloyatida ishga tushirdi

Eng yirik aloqa opyeratori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) Sirdaryo viloyati xududida uchinchi avlod tarmog‘ining ishga tushgani haqida e’lon qiladi. Endi tezkor mobil Internet xizmatlaridan mintaqaning barcha shahar va tumanlari aholisi foydalanishi mumkin.

beeline_28_11_2013

“Sirdaryo viloyati O‘zbekistonning 3G tarmog‘i bilan qamrab olinmagan so‘nggi mintaqasi bo‘lib qolayotgandi – dedi “Unitel”ning Toshkent filiali direktori Dmitriy Resh. – O‘nlab uchinchi avlod baza stansiyalari viloyatning 5 shaHri va 8 tuman markazlarida o‘rnatilgan, va deyarli barchasi ishlamoqda. Shirin shahri bundan mustasno, u yerda 3G tarmog‘i yaqin kunlar ichida ishga tushadi”.

Eslatamiz, “Bilayn” O‘zbekistonda 3G tarmog‘ini 2008 yil 2 dekabr sanasida tijorat maqsadlarida ishga tushirgan ilk operator bo‘ldi. Bugungi kunda 3G texnologiyasi bazasidagi xizmatlardan mamlakatning 151 axoli yashash punktlari aholisi uchun foydalanishi mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system