E-sport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyga yetib keldi

wcg_27_11_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) e-sport bo‘yicha milliy terma jamoamiz Xitoyning Kun‘shan‘ shahriga yetib kelgani haqida xabar beradi. U yerda 28 noyabrdan 1 dekabrga qadar World Cyber Games 2013 Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

wcg_27_11_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) e-sport bo‘yicha milliy terma jamoamiz Xitoyning Kun‘shan‘ shahriga yetib kelgani haqida xabar beradi. U yerda 28 noyabrdan 1 dekabrga qadar World Cyber Games 2013 Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

wcg_27_11_2013_1

Eslatamiz, XXRda bayrog‘imiz rangini Osiyo chempioni Pavel Saprikin va Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 O‘zbekiston Chempionati g‘olibi Abdusapi Qayumov himoya qilishadi. Har ikkala e-sportchimiz FIFA14 o‘yin turi bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etmoqda.

““Bilayn”ning millionlab abonentlari nomidan yigitlarga jahon birinchiligida munosib ishtirok etishlarini tilamoqchiman! – dedi Unitel MCHJning Bosh direktori Andrey Safronyuk. — Yaqinda bizning terma jamoamiz Osiyo O‘yinlarida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi, bu o‘yinlar e-sportda, umuman sportda bo‘lgani kabi imkonsiz ishning o‘zi yo‘qligini ko‘rsatdi”.

WCG 2013da FIFA14 bo‘yicha musobaqalar ikki bosqichdan iborat: guruh turniri (mazkur turnirdan so‘ng ikki nafar eng kuchlisi guruxdan chiqadi) va pley-off. Qur’a yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning guruhlardagi raqiblari ma’lum bo‘ldi. Abdusapi Qayumovga (A guruh) 28 noyabr kuni Ozarbayjon, Argentina, Buyuk Britaniya, Kanada va Xitoydan kelgan raqiblar to‘qnash keladi. Pavel Saprikin (B guruhi) 29 noyabr kuni Braziliya, Eron, Kosta-Rika va Meksikalik e-sportchilar bilan o‘zaro kuch sinashadi.

wcg_27_11_2013_2

Mazkur voqeani sharhlar ekan, terma jamoa raxbari Aleksandr Suchkov, shunday dedi: “O‘zbekistonda e-sportga nafaqat xukumat, balki tijorat tuzilmalari tomonidan ham jiddiy e’tibor qaratilayotgani quvonarlidir. Biz Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat Qo‘mitasi va “Bilayn”dan minnatdormiz: ularning ko‘magisiz bizning geymerlar xalqaro maydonda namoyon etgan yorqin natijalar imkonsiz bo‘lar edi”.

Eslatamiz, “Bilayn” WCG 2013 Jahon chempionatida e-sport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining homiysi bo‘ldi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system