“Bilayn” iste’molchilarning so‘roviga binoan “Ovozli pochta barcha uchun” xizmatini optimallashtirdi

beeline_27_11_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) “Ovozli pochta barcha uchun” xizmatiga o‘zgartirishlar kiritmoqda. Endi chaqiruvning beshinchi gudogidan so‘ng bir yo‘la ikkita – rus va o‘zbek tillaridagi axborot xabar boshlanadi, xizmat haqidagi ma’lumot va xabarni yozish jarayonini ishga tushiradigan bevosita tovushli signal o‘rtasidagi pauza vaqti 3 soniyaga uzaytiriladi, bu esa ovozli pochtadan foydalanishni istamaganlar uchun chaqiruvni kafolatli uzish imkonini beradi.

Bundan tashqari, xizmatni o‘chirishni istagan har bir abonent endi nafaqat call-markazga ariza qoldirishi, balki bevosita ##61# USSD-kod orqali ham buni amalga oshirishi mumkin. Shundan so‘ng abonentga kirayotgan qo‘ng‘iroqlar oltinchi gudokdan so‘ng avtomatik ravishda uziladi, xuddi xizmat joriy qilinguniga qadar bo‘lgani kabi.

Eslatamiz, 25 noyabr kuni Facebookning “Potrebitel‘.UZ” taniqli guruhi ma’muriyati kompaniyaga o‘z foydalanuvchilaridan xizmatni optimallashtirish bo‘yicha takliflar aks etgan jamoaviy so‘rov yo‘lladi. Keyingi kuni tegishli ishlar olib borilib, natijada iste’molchilarning barcha so‘rovlari to‘liq xajmda qanoatlantirildi.

Mazkur voqeani sharxlar ekan, “Potrebitel’.UZ” guruhi ma’muri Liliya Nikolenko shunday dedi: “Ovozli pochta barcha uchun” xizmati bo‘yicha aniq takliflarini aytgan barcha ishtirokchilarga raxmat, chunki mazkur barcha takliflaringiz bugundan boshlab ishlamoqda! Operatorga yo‘llangan jamoaviy murojaatimizga javoban hozirgina menga “Bilayn”dan ikkinchi xabar keldi. Ofarin! Janjallashmay, shunchaki real narsani taklif qildingiz. “Bilayn” jamoasiga xam tasanno – tun ishlab, barchasini ishga tushirdi”.

20 noyabrda poytaxt, xamda Toshkent va Sirdaryo viloyatlari abonentlari uchun joriy qilingan “Ovozli pochta barcha uchun” xizmati hatto abonent band bo‘lganida va qo‘ngiroqqa javob bera olmaganida muhim xabarning birontasini ham o‘tkazib yubormaslik imkonini beradi. “Ovozli pochta barcha uchun” yordamida “Bilayn”ning qo‘ngiroq qilayotgan abonenti lozim topsa o‘zining ovozli xabarini qoldirishi mumkin.

Xizmat maxsus ulanishni talab etmaydi, tarif rejaga kiritilgan va chaqirilayotgan abonent javob bermaganida avtomatik ravishda ishga tushadi. Shuningdek “Ovozli pochta barcha uchun” xizmatida abonent to‘lov mavjud emas va xabarlarni eshitayotgan abonent uchun mutlaqo bepul. 0700 bepul raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan mijoz unga qoldirilgan xabarlarni eshitishi mumkin. Ovozli xabarni tovushli signaldan so‘ng qoldirish mumkin. Xabar narxi – $0,03.

Tafsilotlar www.beeline.uz va www.facebook.com/groups/Potrebitel.Uz saytlarida.

Orphus system