“Bilayn” abonentlarning iltimoslariga binoan “Ovozli pochta barcha uchun” xizmatiga o‘zgartirishlar kiritadi
26.11.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) poytaxt, xamda Toshkent va Sirdaryo viloyatlari abonentlari uchun 20 noyabrda joriy qilingan “Ovozli pochta barcha uchun” xizmatiga o‘zgartirishlar kiritayotgani haqida e’lon qiladi.

Eslatamiz, yangi xizmat xatto abonent band bo‘lganida va qo‘ngiroqqa javob bera olmaganida muhim xabarning birontasini ham o‘tkazib yubormaslik imkonini beradi. “Ovozli pochta barcha uchun” yordamida “Bilayn”ning qo‘ngiroq qilayotgan abonenti lozim topsa o‘zining ovozli xabarini qoldirishi mumkin.

“O‘tgan xaftada ovozli pochtaning ishga tushirilgani ijtimoiy tarmoqlar va ayrim forumlarda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, — deya voqeani sharhladi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Natijada Facebookning bu borada eng faol hisoblangan “Potrebitel’.UZ” guruhi ma’murlari yangi xizmat bo‘yicha takliflar ro‘yxati bilan kompaniyaga chiqishdi. Deyarli barcha fikrlarga biz qo‘shilamiz, va internet-guruh ishtirokchilariga barcha muxokama va muloxazalar uchun minnatdorchilik bildirmoqchimiz. Chunki ular yakunda xizmatimizni yaxshilashga ko‘maklashdilar”.

Yaqin vaqt ichida “Ovozli pochta barcha uchun” xizmatini istalgan paytda mustaqil uchirish imkonini beruvchi USSD-kod joriy qilinadi (avvalroq buning uchun 0611 call-markazga ariza qoldirish talab etilardi). Bundan tashqari, qo‘ng‘iroqning beshinchi gudogidan so‘ng boshlanadigan davlat tilidagi axborot xabariga rus tilidagi matn qo‘shiladi. Xizmat haqidagi ma’lumot va xabarni yozish jarayonini ishga tushiradigan bevosita tovushli signal o‘rtasidagi pauza vaqti ikki karra uzaytiriladi, bu esa ovozli pochtadan foydalanishni istamaganlar uchun qo‘ng‘iroqni kafolatli uzish imkonini beradi.

Eslatamiz, xizmat maxsus ulanishni talab etmaydi, tarif rejaga kiritilgan va chaqirilayotgan abonent javob bermaganida avtomatik ravishda ishga tushadi. Shuningdek “Ovozli pochta barcha uchun” xizmatida abonent to‘lov mavjud emas va xabarlarni eshitayotgan abonent uchun mutlaqo bepul. 0700 bepul raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan mijoz unga qoldirilgan xabarlarni eshitishi mumkin. Ovozli xabarni tovushli signaldan so‘ng qoldirish mumkin. Xabar narxi – $0,03.
Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq