ZiyoNET portaliga yana 4 ta yangi qiziqarli o‘yinlar qo‘shildi

ziyo_25_11_2013

ZiyoNET tarmog‘i o‘quvchilar va ularning ota-onalarini xursand qilish maqsadida Cron Forge kompaniyasi bilan xamkorlik qilishni davom ettirmoqda. Taxminan bir oy oldin biz sizlarni yangi o‘yinlar taqdim etib xursand qilgan edik, oz fursat o‘tmay yana 4 ta yangi qiziqarli o‘yinlar sizga taqdim etishdan xursandmiz.

O‘yinlar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz:

Birinchi o‘yin: “Jahon xalqlari liboslari” tog‘risida. Fotosuratdagi odamlarning milliy kiyimlarini ko‘rib, qaysi davlat aholisiga tegishli ekanligini aniqlash, taqdim etilgan liboslar, nafaqat qaysi davlat aholisiga tegishli ekanligi haqida, balki turli mamlakatlarning davlat bayroqlari haqida ham ma‘lumot beradi. Albatta, o‘yin boshida sizga murakkabroq bo‘lib ko‘rinsada, lekin o‘yin jarayoni davomida barcha liboslar qaysi davlat aholisiga tegishli ekanligini bilib olasiz va asta sekin o‘rganib borasiz.

ziyo_25_11_2013_1

Siz ushbu o‘yinda faqatgina dunyo xalqlari liboslarinigina emas balki, turli davlatlar bayroqlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Yana bir sir: menyuning «ARXIV» bo‘limiga kirib, siz qaysi libos, qaysi xalqqa tegishli ekanligini ko‘rib chiqishingiz mumkin. Lekin har bir libosni qaysi xalqqa tegishli ekanligini o‘yin davomida o‘zingiz, o‘yinni qayta va qayta boshidan boshlab topganingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bir soatdan so‘ng, jahon bayroqlari va barcha millatlarning o‘ziga xos liboslarini saralash bo‘yicha mutaxassisiga aylanasiz.

Ikkinchi o‘yin: “Maqollar”. Ekranda ommabop maqollarning boshlanish qismi ko‘rsatib o‘tilgan va javob sifatida ularning davomi 4 xil variantda taqdim etilgan. Agar tanlagan variantingiz to‘g‘riligiga ikkilansangiz, variantlardan notog‘ri javoblarni o‘chirib tashlashingiz mumkin. Lekin, shu bilan birga to‘playdigan ballaringiz kamayib borishi mumkin. Ushbu o‘yin ona tilini sevuvchi va adabiyotni o‘rganuvchilar uchun juda ham foydalidir.

ziyo_25_11_2013_2

Ushbu o‘yin o‘zbek va rus tillarida taqdim etilgan. Barchasi sizning qo‘lingizda.

Uchinchi o‘yin: “Topishmoqlar” Oddiy lekin qandaydir o‘ziga tortadi. Topishmoqlar matni va shu bilan birga javoblar 4 variantda taqdim etilgan. Agar ikkilansangiz, variantlardan notog‘ri javoblarni o‘chirib tashlashingiz mumkin lekin, shu bilan birga to‘playdigan ballaringiz kamayib borishi mumkin.

ziyo_25_11_2013_3

Ota-onalar, bolajonlar uchun yaratilgan ushbu qiziqarli o‘yinlarni o‘ynab ko‘ring va bolalar topishmoqlarining yechimini topa olishingiz mumkinligini sinab ko‘ring.

To‘rtinchi o‘yin shaxmat va mantiqiy boshqotirma o‘yinlari ishqibozlari uchun mo‘ljallangan va “Ot bilan yurish” deb nomlanadi. O‘yin maqsadi ot sipohi bilan barcha shaxmat kataklarni aylanib o‘tib sipohlarni olishdan iborat. Har bir katakni faqat bir marotabagina bosib o‘tish mumkin. Shaxmat maydoni o‘lchovini o‘yin boshlashdan oldin tanlash kerak 3×4 dan 20×20 gacha. Maydondagi kerakli kataklarga qadam qo‘yishdan avval ushbu kataklar yashil rang bilan yonib turadi.

Ushbu ajoyib o‘yin orqali sinflar orasida, maktablar va kollejlar orasida musoboqalar o‘tkazish mumkin chunki u inson tasavvurini rivojlantirish, ularni birgalikda fikrlashga hamda tahlil qilishga o‘rgatadi.

Ushbu o‘yinlarning barchasida chiqish tugmasi ko‘rsatilmagan, chunki o‘yin mobaynida ekranning o‘ng tarafida doimo, oyinlar menyusi belgisi va ekranning tepa qismida esa ZiyoNET portalining menyusi ko‘rinib turadi.

Hozirgi kunda portalda 429 ta o‘yin mavjud ulardan 396 tasi ingliz tilini o‘rgatuvchi o‘yinlardan iborat. Ushbu o‘yinlarni ID.uz orqali avtorizatsiyaldan o‘tib keyin o‘ynash maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki har bir o‘ynab ko‘rilgan o‘yin, portal hotirasida saqlanib qolinadi va o‘yinchilar reytiggi yig‘iladi. Reyting g‘oliblari turli xil sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

Barcha o‘yinlarga ZiyoNET portali bosh menyusi orqali kirish mumkin, «O‘yinlar» bandiga kiring va sizni qiziqtirgan o‘yinlarni o‘ynab ko‘ring.

Orphus system