Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi xizmat joriy etildi
25.11.2013
Rukn: Internet.
Muallif: .

gov_25_11_2013

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (http://my.gov.uz) foydalanuvchilar uchun Toshkent viloyati hududida turar joy binolarini noturar joy binolar toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi arizalarni on-layn tarzda jo‘natish imkonini beruvchi yangi xizmat joriy etildi (http://my.gov.uz/uz/service/206).

gov_25_11_2013_1

Ariza ariza beruvchining yashash joyidagi tuman hokimi nomiga tegishli hujjatlar (aniqrog‘i tegishli hujjatlarning elektron shakldagi nusxalari) bilan birga on-layn tarzda yuboriladi. Ushbu xizmatdan ID.UZ tizimida PassportID maqomi bilan ro‘yxatdan o‘tgan, yoki elektron raqamli imzoga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar foydalana oladilar.

Foydalanuvchilar ariza bo‘yicha qabul qilingan hokim qarorini elektron shaklda olish imkoniyatiga egadirlar. Ta’kidlash joyizki, ushbu xizmat mamlakatimiz fuqarolariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat organlari faoliyatini avtomatlashtirish borasida muhim qadam bo‘lib hisoblanadi.

Eslatib o‘tamizki, PassportID maqomini fuqaro UZINFOCOM markaziga o‘zining pasporti bilan tashrif buyurgan holda qo‘lga kiritishi mumkin (batafsil ma’lumot uchun quyidagi sahifaga tashrif buyuring: https://www.id.uz/uz/info/13. O‘z navbatida, fuqarolar elektron raqamli imzoga soliq xizmati organlariga tashrif buyurib bepul asosda ega bo‘lishlari mumkin batafsil ma’lumot uchun quyidagi sahifaga tashrif buyuring: http://soliq.uz/docs/instr/inst_el_ot_082012_uz.pdf.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq