WD geliy bilan to‘ldirilgan qattiq disklarni yetkazib bera boshlaydi

wd_25_11_2013

Western Digital kompaniyasi yangi maxsus geliy bilan to‘ldirilgan germetik qattiq disklarni chiqarishga tayyor ekanligini va belgilangan jadval asosida taqdim etilishini ma’lum qildi. Bu mazkur katta sig‘imli dastlabki innovatsion saqlovchi modellar alohida iste’molchilar uchun yil oxiriga qadar yetkazib berilishidir deganidir.

Rejaga ko‘ra, dastlabki geliyli germetik disk modeli yettita magnit plastinadan foydalanadi. Biroq mazkur mahsulot yaqin orada keng iste’molga chiqarilishi ko‘zda tutilmagan: u avval ommaviylashish xususiyatiga ega bo‘lishi uchun hech bo‘lmaganda biror vaqt o‘tsa kerak. «Sarf-xarajatini optimallashtirishga qiziqqan iste’molchiga novatorlik asosida geliy bilan to‘ldirilgan germetik yetti plastinali disklarni yetkazib berish rejaga muvofiq amalga oshiriladi», Western Digital kompaniyasi ijrochi direktori, Stiv Milligan (Steve Milligan) o‘z moliyaviy natijalarini e’lon qilishda, ma’lum qildi. Hozirgi davrda Western Digital va HGST sho‘ba kompaniyalari 800 Gb sig‘imli plastinali mahsulotlarda beshtagacha plastinalarda birlashtiriladigan paketlarda jamlanadi. «Geliyli qattiq disklar tarkibida magnitli plastinalar qo‘llaniladi, kelajakda 3,5-duymli qattiq disklar sig‘imi 5 Tbaytgacha oshiriladi. Geliyli qattiq disklar soni cheklangan bo‘lib, bunday modellar tijorat mahsuloti hisoblanadi.

Geliy bilan to‘ldirilgan qattiq disklarlarning sig‘imi katta bo‘lib, magnit saqlovchida axborotni yozish texnologiyasi mukammaldir. Shu sababli «geliyli» sig‘imli disklar axborotni saqlashda uning solishtirma bahosini tushiradi, bu esa uni yirik datamarkazlarida qo‘llanilishida ijobiy natija beradi. Innovatsion modellar elektr sarfiga va sovutishga xarajatni kamaytiradi. Geliyning zichligi havo zichligidan yetti marta past bo‘lib, aynan shu xususiyati germetik qattiq disklar HGST platformasini takomillashtirish imkonini berdi. Havoning geliy bilan almashtirilishi shpindelni aylantirishda elektromotordagi qarshilik kuchini yengishda xarajatni kamaytiradi. Bundan tashqari, amal qilib turgan magnit golovkadagi aerodinamik kuchi kamayadi, bu o‘zaro yaqin plastinalarga joylashtirishga imkon beradi, shu hajmdagi axborotni katta sonli plastinalarga joylashtirib boradi. Nihoyat golovkalarini magnit plastinalarga tushirish hamda axborot zichligini saqlash imkoni mavjud.

Disk germozonasida havoni yanada zich inert gazga almashish kabi afzalliklar orasida — shovqin va qizib ketish darajasining tushishini ko‘rsatish zarur. Ilgari HGST’ni havo va geliy bilan to‘ldirilgan analogik «vinchester» bilan solishtirib ko‘rganlar, natijada «geliyli» model 23 foiz kam elektr energiyasi sarflashi ma’lum bo‘lgan. Bundan tashqari, ilg‘or modifikatsiya ishchi harorati taxminan 5 darajaga past bo‘ladi. Mavjud rejaga asosan yaqin vaqt mobaynida HGST 1 Tbayt sig‘imga ega bo‘lgan qattiq diskni qo‘llashga o‘tiladi. Demak, keyingi yil 7 Tbayt sig‘imli magnitli saqlovchini ko‘rishi mumkin. To‘g‘ri, bozorda geliyli modellar iste’molchilarga taqdim etilishi yoki korporativ segment uchun taklif sifatida qoldirilishi hozircha noma’lum.

Manba: www.wdc.com

Orphus system