SubPac M1 – басni tana bilan his etish mumkin!
25.11.2013
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

Bronejiletni eslatuvchi devays oddiy naushniklar bilan foydalaniladi hamda past chastotali musiqiy kompozitsiyalarni tinglashga imkon beradi: SubPac M1 ishlab chiqaruvchilari ta’kidlashicha, uning gadjeti «past chastotalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanaga uzatadi», bu esa basni tinglashgina emas, balki uning vibratsiyasini chuqur his etish imkonini beradi.

sub_25_11_2013

Qurilma litiy-ionli akkumulyatordan quvvat oladi, doimiy ishlatishda uning sig‘imi 8 soatga yetadi. «Bas nimcha»ning og‘irligi kilogrammdan biroz kamroq. Albatta, bu birinchi shunday gadjet emas — allaqachon past chastotali ovoz bilan unisonda vibratsiyalanuvchi geymerlar uchun o‘rindiq mavjud. Biroq nimcha — bu shunday moslamalar ichida juda qiziqarli variant (aytgandek, ishlab chiqaruvchi o‘rindiq uchun yopqich — S1 modelini ham taqdim etgan) bo‘lib hisoblanadi. Birinchi qarashda, ayniqsa, 299 dollarlik devaysi bilan g‘oya shubhali tuyulishi mumkin, biroq birinchi partiya sotib bo‘lishga ulgurdi, baxtli xaridorlar esa taassurotlarga to‘la minnatdorchiliklarini bayon etmoqdalar. Kompaniya SubPac M1’ning ikkinchi partiyasini tayyorlamoqda va ol-dindan buyurtmalarni olmoqda. Mahsulot shu yaqin vaqt mobaynida xaridorlarga taqdim etiladi.

Manba: www.gadgetblog.ru

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq