Sidney uchuvchisiz-pochtachi apparatni ishlab chiqardi

sid_25_11_2013

Sidney Flirtey kompaniyasi jahonda dastlabki uchar apparati vositasida pochtani yetkazib beruvchi uskunani ishlab chiqardi. Loyiha o‘quv materiallarini yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan Zookal kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Birinchi bosqichda geksakopter aynan darsliklarning transportirovkasi bilan shug‘ullanadi.

Dezeen ma’lum qilishicha, servis pochta ishida tejamkorlikka imkoniyat yaratadi deb tashabbuskorlar ushonch bildiradilar. Bundan tashqari, Flirteyda pochtada uchar apparatlar paydo bo‘lishi bilan pochta jo‘natmalarining yo‘qolishi kabi muammolar bartaraf etiladi deb va’da bermoqdalar, uchuvchisiz uchar apparatning qayerdaligini mobil telefoni yordamida ham nazorat qilib, topish mumkin. Hozirgi davrda pochtani bir kunda Avstraliyaga yetkazib berish 8–20 avstraliya dollari (5,6–14 yevro) bilan baholanadi. Uchuvchisiz apparatdan foydalanish esa ancha arzon tushadi deb ma’lum qiladi, Flirtey.

sid_25_11_2013_1

Kitobni smartfon ilovasi yordamida buyurtma qilish mumkin, keyin Zookalda buyurtma qadoqlanadi hamda banderolli apparat ma’lum bir manzil bo‘ylab emas, balki smartfon joylashgan manzil tomon jo‘natiladi.

Аpparatga oltita vint o‘rnatilgan: uchuvchisiz moslama ulardan birortasi ishdan chiqsada ucha oladi. Har bir motorcha o‘zining xususiy batareyasiga ega. Uchuvchisiz apparat buyurtmachiga banderolni olib uchishi bilan bu haqda ma’lumot beriladi. Hozirgi vaqtda Avstraliya tijorat uchar yetkazib beruvchi apparatlarga ega jahondagi birinchi mamlakat bo‘lib hisoblanadi. Masalan, AQSH’da bu ishni 2015-yilda amalga oshirish mo‘ljallangan.

Manba: www.gizmodo.ru

Orphus system