Shveytsariya soatsozlari aqlli soatlardan tashvishlanmaydilar

O‘tgan asr yetmishinchi yillarida shveytsariyalik soat ishlab chiqaruvchilar kvarts soatlarining xavfini yaxshi baholamay, xatoga yo‘l qo‘yishlariga oz qoldi. Tarmoq yana qayta oyoqqa turgan bo‘lsada, uni bugungi kunga yangi xavf — aqlli soatlar kutib turgan bo‘lishi mumkin

watch_25_11_2013

Xuddi qirq yil ilgari kvartsli soatlar kabi navbatdagi yangilik texnologiyasi hozircha shveytsariyalik soatsozlarga shunchaki kulguli tuyulmoqda. Deloitte kompaniyasi so‘rov natijalariga ko‘ra, shveytsariyalik soatsozlik kompaniyalari rahbarlarining katta qismi aqlli soatlar ularning biznesi uchun xavf tug‘dirmaydi deb hisoblaydilar. Biroq Strategy Analytics analitiklari ma’lum qilishlaricha, bu yil milliondan ortiq aqlli soat sotilgan, kelasi yilda esa yetti million sotish rejalashtirilgan. Sanford C. Bernsteinning bahosiga ko‘ra, Apple kompaniyasi iWatch soatlarining sotilishi birinchi yildayoq 2,3dan 5,7 mlrd. dollargacha foyda olishi mumkin. Ekspertlar aqlli soatlar paydo bo‘lishi shveytsariyalik soatsozlarni qiziqtirishi mumkin deb taxmin qilmoqdalar.

Albatta, amaliy nuqtai nazardan, texnologik munosabatda mexanik soatlar kabi anaxronik buyum sifatida allaqachon iste’moldan chiqishi kerak edi. Bozorda kvartsli soatlar paydo bo‘lganida ko‘plab iste’molchilar mexanik soatlardan, jumladan, qo‘l harakatidan quvvat oluvchi soat modellaridan ham voz kechgandi.

watch_25_11_2013_1

Shveytsariya ishlab chiqaruvchilari tarmoq federatsiyasi xususiy statistikasi guvohlik berishicha, oddiy soatlarga qiziqish: 1970-yillardan 1984-yilgacha shu sohada ish bilan band xodimlar soni 90 000dan 30 000gacha kamaydi. Kompaniyalar soni taxminan 1970-yilda 1600ta bo‘lsa, bugungi kunda 600tagacha kamaygan. Bu holning asosiy sababi soatlarning arzonlashib ketishi hamda kvarts soatlarining ishonchi bo‘lganligidir.

Bundan tashqari, keyingi vaqtlarda tarmoq transformatsion takliflar bilan mustahkamlandi va yuqori darajada qimmatbaho aksessuar yoki bezakka aylandi. Mexanik modellar tarmoq daromadining uchdan bir qisminigina tashkil etadi, o‘tgan yilda 58 mlrd. dollarni tashkil etgandi. Alohida modellari: Patek Philippe Sky Moon Tourbillon — 1,3 mln. dollar, Franck Muller Aeternitas Mega 4 — 2,9 mln. dollar kabi astronomik baho bilan taqdim etiladi. Yuqoridagilarni nazarda tutib, shveytsariyalik soatsozlar aqlli soatlar paydo bo‘lishidan tashvishlanishga hojat yo‘q, deb aytish mumkin.

Manba: www.ixbt.com

Orphus system