Noutbuklar bozorida o‘sish ko‘rsatkichlari
25.11.2013
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

pad_25_11_2013

IHS kompaniyasi yilning uchinchi choragi bo‘yicha planshetlardan tashqari, mobil kompyuterlar tarmog‘i bo‘yicha yakuniy natijalarni ko‘rib chiqdi. Shu o‘tgan muddat mobaynida jami 47,9 mln. dona mobil SHK jo‘natilgan, bu o‘tgan yil choragiga nisbatan 6 foizga ortiqdir.

O‘tgan yil planshetlar bilan raqobat kuchli bo‘lganligi sababli noutbuklar bozori uchun murakkab davr bo‘lgandi. Shunday bo‘lsada, istiqbolga ishonch saqlanib qolgan. Yangi Intel Haswell mikroprotsessorlari, shuningdek, kelajak Bay Trail chiplari uzoq muddatga avtonom ish vaqti bilan farqlanadigan kuchli ultrabuklar yaratish imkonini beradi. AMD kompaniyasi, o‘z navbatida, yuqori quvvat samaradorligiga ega mobil protsessorlar qatorini faol rivojlantirmoqda. Yirik tarmoq ishtirokchilari katta mablag‘ sarflab, mobil SHK’larni saqlab qolishga intilishlarini namoyon etayotganlari yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, yilning birinchi yarmida ishlab chiqaruvchilar uchun yaxshi o‘tmadi. Yilning birinchi choragida oldingi yil choragiga solishtirganda 13,9 foizga, ikkinchi yil choragida ishlab chiqarish hajmi 5,1 foizga tushib ketdi. 2012-yil birinchi choragi 9,7 foizga tushib ketgan bo‘lsa, ikkinchi yil choragida esa 3,9% o‘sish sur’ati qayd etildi.

Manba: www.3Dnews.ru

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq