Faol turmush tarsi tarafdorlariga yo‘naltirilgan Wi-Fi interfeysi bilan ko‘tarib yurish imkoni bo‘lgan iON Air Pro 3 kamerasi
25.11.2013
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

cam_25_11_2013

iON Amerika kompaniyasi yangi qurilmani ishlab chiqardi. iON Air Pro 3 deb nomlangan qurilma faol turmush tarzi tarafdorlariga yo‘naltirilgan bo‘lib, ko‘tarib yurish imkoni bo‘lgan kameradan iboratdir. Kamera video va suratga olishda yuqori sifat ko‘rsatkichiga ega. Ishlab chiqaruvchi qurilma qo‘llanilishi mo‘ljallangan sohalar uchun yengil va ixcham o‘lchamdagi shakl, to‘liq suv o‘tkazmas hamda turli xil mustahkamlik xususiyatlari bilan ta’minladi.

Kamera Wi-Fi interfeysi bilan jihozlangan bo‘lib, iOS yoki Android ostida boshqariladigan mobil qurilma asosida ishlatish mumkin. Foydalanuvchi qayta ko‘rib, sozlash ishlarini almashtirish, kadrlarni to‘g‘rilash, suratga olingan materialni tekshirib, uni Facebook, YouTube va boshqa tarmoq resurslariga yuklash imkoniga ega.

cam_25_11_2013_1

Kamera 12 Mp razresheniyeli qayd etuvchi fokusi (kameradan 1 m masofadan turib, muhitning tasviri boshlanuvchi) obyektiv va F/2,8 diafragma bilan jihozlangan. Ekspozitsiya va balansini boshqarish to‘liq avtomatlashtirilgan. Qo‘llab-quvvatlangan video razresheniyesi: 1920 x 1080 pikselli, 30 va 60 k/s; 1280 x 720 piksel, 30, 60 va 120 k/s.dan iborat. 1080p razresheniyesi 160° ko‘rish burchagiga muvofiq keladi. Video H.264 algoritmi MPEG-4 formatidagi fayl sifatida saqlanadi. Kamera ARUZli monofonik mikrofon bilan jihozlangan. 2,5 mm diametrli tashqi mikrofonga ulash teshikchasi mavjud.

cam_25_11_2013_2

Kamera 15 m chuqurlikdagi suvga chidamli. Uning o‘lchami 37 x 37 x 107 mm bo‘lib, massasi — 142 g. Kameraning batareyasi 1200 mAch sig‘imli bo‘lib, bir marta to‘liq quvvat olganda, taxminan 2,5 soat ishlay oladi. Almashtirib turish mumkin bo‘lgan 64 Gb hajmga ega microSD kartochkasidan foydalaniladi. HDMI va USB 2.0 portlari mavjud. iON Air Pro 3 yaqin vaqt oralig‘ida sotuvga chiqariladi. Yangilik narxi — $350.

Manba: www.ioncamera.com

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq