EnerPlex Surfr: Samsung Galaxy S4 uchun akkumulyatorli va quyosh batareyasili g‘ilof
25.11.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
EnerPlex kompaniyasi Samsung Galaxy S4 smartfoni uchun yordamchi ta’minot manbaiga ega Surfr himoya g‘ilofini taqdim etdi.
Aksessuar ikki funksiyani amalga oshiradi: u apparatni zararlanishdan himoya qiladi va avtonom ish vaqtini uzaytiradi. Surfrga smartfonning amal qilishini ikki marta uzaytiradigan 2500 mAch sig‘imli akkumulyator kiritilgan. G‘ilofni USB-interfeysi, kompyuter yoki adapteri, yana orqa qismiga o‘rnatilgan quyosh batareyasi orqali quvvat oldirish mumkin. Surfrning old panelida darchasi bo‘lib, undan g‘ilofni ochmay turib, sanani bilish mumkin. Yangilik turli ranglar variantida, jumladan, qora, yashil, pushti va zangori qopqoqcha bilan taqdim etiladi. O‘lchami 145 x 74 x 19 mm, og‘rligi — 104 g. Aksessuar yaqin vaqt mobaynida taqdim etiladi, taxminan — 90 dollar etib baholaganlar.
Manba: www.3Dnews.ru