Boshlovchilar uchun — Lenovo Yoga Tablet 8 va Yoga Tablet 10 planshetlari

lenovo_25_11_2013

Lenovo kompaniyasi ikki SHK planshetlari: Yoga Tablet 8 SHK va Yoga Tablet 10ni ishlab chiqardi. Yangilikning nomidan ko‘rinib turibdiki, displeylarining diagonali bilan farq qiladi. Konstruksiyasi esa bir xildir. Bu ularning suratlarida ham ko‘rinib turibdi.

lenovo_25_11_2013_1

Planshetlar konstruksiyasiga boshqariladigan oyoqli silindrga o‘xshash maxsus detal kiritilgan. Mazkur element planshetni ushlab turuvchi moslama va akkumulyator o‘rnatilgan hamda og‘irlik markazi muvozanati qismi bo‘lib hisoblanadi. Korpuslarining o‘zi alyuminiy va polikarbonatdan ishlangan.

lenovo_25_11_2013_2

Bunday konstruksiya korpusning juda yupqa bo‘lishiga, silindrli qismi esa ma’lum shakldagi akkumulyatorlarni joylashtirishga hamda shunday boshqa qurilmalardan sezilarli tarzda arzon bo‘lishiga imkon beradi. Kenja modeli batareyasi sig‘imi 6000 mAch bo‘lib, to‘ng‘ichlariniki 9000 mAch.dan iborat. Bu, quvvatda samarali platformasi va displeylari bilan jamlaganda katta razresheniyega ega bo‘lmasada, yaxshi avtonomlik zahirasiga ega natijani beri-shi mumkin. Lenovo yangilik uchun 1280 x 800 nuqta razresheniyega ega panelli ekranni tanlagan. Shu tariqa, kichik modellarida piksellari zichligi 189 ppi.ni tashkil etadi, Yoga Tablet 10da esa bu ko‘rsatkich 151 ppi.ni tashkil etadi. Bugungi kunda shunday qurilmalarning ko‘rsatkichlari juda yuqori emas, planshetlarning bahosi ham nisbatan arzon. Yoga Tablet 8 $250 etib belgilangan, Yoga Tablet 10 esa $300ni tashkil etadi.

lenovo_25_11_2013_3

Ishlab chiqaruvchi ekraniga nisbatan arzon MediaTek MT8125 platformasini ishlatishga qaror qilgan. Operativ xotirasi hajmi har ikkala holatda ham 1 Gb bo‘lib, flesh-xotirasiga 16 Gb belgilangan.

lenovo_25_11_2013_4

Qurilma microSD formatidagi xotira kartasi bilan jihozlangan. Bundan tashqari, to‘ng‘ich modeliga qo‘shimcha simsiz klaviaturasining g‘ilofi ko‘rinishidagi aksessuarni sotib olish mumkin, uni planshetga magnitlar yordamida mustahkamlash mumkin.

Manba: www.ubergizmo.com

Orphus system