“Bilayn”ning savdo va xizmat ko‘rsatish ofislari Zarafshonda va Toshkentda ochildilar

beeline_25_11_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) Toshkent va Zarafshon shaharlarida yangi savdo va xizmat ko‘rsatish ofislari ishga tushirilishlari haqida xabar beradi.

“Bilayn”ning Zarafshondagi innovatsion yetakchi ekanligiga shubha yo‘q, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori G‘ulom Ortiqov. – Aynan shu yer O‘zbekistonda biz 2009 yilda optik tolali tarmoqni ishga tushirib, aholiga sekundiga 100 Megabitgacha tezlikdagi Internetga ulanish imkonini bergan ilk shaharga aylangan. Endilikda zarafshonlik abonentlarimizga yangi ofisda ham mobil aloqa, ham “Bilayn”ning boshqa servislari bo‘yicha sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyati yanada kengaydi”.

Tantanali ochilish marosimi 23 noyabr kuni quyidagi manzilda bo‘lib o‘tdi: Amira Temur ko‘chasi, 43 uy. “Shodlik” Mehribonlik Uyi tadbir doirasida “Bilayn”dan Internetga ulandi.

Eslatib o’tamiz, shu kunning o’zida poytaxtni “MEGAPLANET” savdo-ko’ngilochar majmuasida eng yirik savdo va xizmat ko‘rsatish ofisi ochildi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system