Mega aksiyaning navbatdagi 7 million so‘mi bugun “O’zbegim Taronasi” radio efirida o‘ynaladi

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) 22 noyabr juma kuni FM 101 “O‘zbegim Taronasi” radiostansiyasining jonli efirida bo‘lib o‘tuvchi Mega aksiyaning ikkinchi o‘yini haqida xabar beradi. G‘oliblar oshkora ravishda radio tinglovchilarining tasodifiy tanlashi orqali aniqlanadi.

“Bir hafta oldin biz birinchi g‘oliblarni aniqladik, ular bir vaqtda O‘zbekistonning oltda viloyatlaridan bo‘lib chiqishdi, – deydi “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Mega Aksiya tobora ommalashib bormoqda, va modomiki uning bosh hususiyati – bu ishtirokchilar uchun barobar bo‘lgan imkoniyatlardir, biz abonentlarni aksiyaga qo‘shilishga jalb etamiz, yilning eng sovrinli loyihasida baxtni sinab ko‘rishga”.

beeline_18_11_2013

Eslatib o‘tamiz, qimmatbaho va bonusli sovrinlarning haftalik o‘yinida ishtirok etish uchun, aloqa xizmatlariga haftasiga (dushanbadan jumaga qadar) kamida bir marotaba $2 sarflagan holda “Bilayn”ning faol abonenti bo‘lish lozim. “Status” seriyasining tarif rejalarining abonentlari Mega aksiyada avtomatik tarzda ishtirok etadilar.

Bosh sovrin – 13 ta “Chevrolet Spark” avtomobili 2013 yil 27 dekabr kuni jonli televizion efirda bir marotaba bo‘lsa-da oldingi har kunlik million so‘m hamda bonusli sovrinlarning o‘yinlarida ishtirok etgan va g‘olibni aniqlash vaqtida faol bo‘lgan barcha abonentlar o‘rtasida o‘ynaladi.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system