23 noyabr kuni “MEGAPLANET” majmuasida “Bilayn”ning yangi saloni ochiladi
22.11.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) yangi savdo va xizmat ko‘rsatish ofisi ishga tushirilganligini e’lon qiladi. 23 noyabr kuni “MEGAPLANET” savdo-ko‘ngilochar majmuasini birinchi qavatida “Bilayn”ning navbatdagi o‘z ofisining tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Toshkent hududiy filiali direktori Dmitriy Resh quyidagilarni qayd qildi: “Bilayn”ning tashqi savdo tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlari tufayli butun mamlakat bo‘ylab millionlab kishilar yuqori darajadagi servisdan bahraman bo‘lmoqdalar. Biz erishilgan yutuqlar bilan kifoyalanibgina qolmay, oldimizga kompaniya salonlarini hamda terminalarini abonenlar uchun qulayroq joylashtirish kabi yangi vazifalarni qoymoqdamiz. Poytaxtdagi eng yirik gipermarketda ochilgan “Bilayn”ning yangi ofisi ushbu yo‘nalishdagi muhum qadam hisoblanadi”.

beeline_22_11_2013

Yangi salonni prezentatsiyasi 23 noyabr soat 11:00 ga rejalashtirilgan. Ochilish dasturida barcha tashrifchilar uchun oltin raqamlar, Beeline Club imtiyozli kartalari hamda qimmatbaho sovg‘alarni o‘ynalishi ko‘zda tutilgan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq