Yevgeniy Kogay “Bilayn”ning IT-direksiyasiga rahbar bo‘ldi

beeline_21_11_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) Yevgeniy Kogay “Unitel”ning axborot texnologiyalari bo‘yicha direktori lavozimiga tayinlanganligini e’lon qiladi. U bu lavozimda ilgari ishlagan, “Armentel” YOAJ (“Beeline”ning Armanistondagi savdo belgisi) IT-direksiyasiga rahbar bo‘lgan Maksim Xalmatovning o‘rnini egalladi.

“Bu kabi mas’uliyatli lavozimga kompaniyada anchadan beri ishlab kelayotgan va o‘zini yaxshi ko‘rsatgan menejer tayinlanganligini qayd qilish me uchun quvonarli hol, – voqeani sharhlaydi “Unitel” MCHJ bosh direktori Andrey Safronyuk. – Yevgeniy bir oz oldin “Bilayn”ning hech mubolag‘asiz mukammal, deb atash mumkin bo‘lgan yangi billingli platformaga o‘tkazilishida eng faol ishtirok etgan. Bugun IT ning muhim vazifasi texnologik platformalarni modernizatsiya qilish va ularni ish ko‘payib borishi sharoitida uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlashdan iborat. Ishonaman-ki, Yevgeniy jamoasi buning uddasidan chiqadi”.

“Eng yirik telekom-kompaniyaning IT-yo‘nalishiga rahbarlik qilish – jiddiy masala va men buni, eng avvalo, abonentlar oldidagi ulkan mas’uliyat sifatida qabul qilaman, – deydi Yevgeniy Kogay. – “Comverse ONE” billingiga o‘tilganidan so‘ng “Bilayn” oldida eng keng istiqbollar ochildi. Hamkasblarimiz bilan birgalikda mijozlarimiz uchun yangi taklif va servislarni ishga tushirish maqsadida ulardan 100% foydalanish niyatidamiz”.

Yevgeniy 1975 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1998 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Ko‘p kanalli eletkr aloqasi” fakultetini tamomlab, oliy ma’ulmotga ega bo‘lgan. Telekommunikatsiya sohasidagi mehnat faoliyatini hududiy xalqaro aloqa, radio va televideniye ishlab chiqarish birlashmasida muhandis lavozimidan boshlagan.

Yevgeniyning “Unitel”dagi faoliyati 2001 yilda texnik bo‘lim mutaxassisi pozitsiyasidan boshlangan. 2006 yilda u biznes-ilovalarni qo‘llab-quvvatlab borish bo‘limi boshlig‘i lavozimini egallagan. Ushbu bo‘lim keyinchalik biznes-ilovalar arxitekturasini rivojlantirish xizmatiga aylantirilgan.

Yevgeniy suvda suzish bilan shug‘ullanadi. Oilali, bitta qizi bor.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system