Telefon tarmog‘iga ulanish to‘lovini olishning vaqtinchalik to‘xtatilishi haqida

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi mutlaq aloqa xizmatlaridan foydalanishda telefon tarmog‘iga ulanish to‘lovini olishni bekor qilish yo‘li bilan jismoniy shaxslarni jalb etish bo‘yicha aksiya o‘tkaziladi. Aksiya 2013-yil 21-noyabrdan 31-dekabrga qadar o‘tkaziladi.

Aksiya amal qilishi davrida, aholi uchun simli abonentlik liniyasi bo‘yicha telefon tarmog‘iga ulanish

125-1/1 –sonli «Telekommunikatsiya universal xizmatlari uchun songgi tariflarning eng yuqori darajasi» 3-preyskuranti bolimlari 1 va 5- moddalariga, shuningdek, «Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmogida telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari»da belgilangan 78-moddalariga muvofiq to‘lov olinmay amalga oshiriladi.

Shu tariqa, aksiya davomida telefonlashtirilmagan va telefonlashtirilgan binolarda asosiy telefon apparati vositasida (operator tomonidan bir raqamni bir foydalanuvchiga ajratishda) simli abonentlik liniyasi bo‘yicha telefon tarmog‘iga ulanish bepul amalga oshiriladi.

Aksiya telefon tarmog‘iga ulanish bilan bog‘liq taqdim etiladigan boshqa xizmatlarga taalluqli emas.

Batafsil ma’lumotlar bilan telekommunikatsiyalar bog‘lamalari abonentlik bo‘limlarida tanishish mumkin.

Orphus system