Qiziqarli FAKTlar

Axborot texnologiyalari sohasidagi eng qiziqarli ma’lumotlarni chop etishda davom etamiz. Mazkur sahifamizda jahondagi yetakchi kompaniya Xerox va uning mahsulotlari haqida so‘z boradi.

Dastlabki kserografik apparatga 75 yil bo‘ldi

Kserografiya bir qarashda, deyarli katta shov-shuvga aylanmay hayotimizga kirib kelgan texnologiyalardan biridir, biroq zamonaviy dunyoda eng zarur buyumga aylanib ulgurgan. Har bir ofis xizmatchisi hujjatlarni tezkor ko‘paytirish imkoniyatisiz o‘zining qator turgan muhim vazifalarini amalga oshira olmasligini tasdiqlashi shubhasiz. Shunday zarur uskuna — kserografiyaning ishlash tamoyili 75 yil avval yaratilgan. Mazkur usul yordamidagi dastlabki nusxani Chester Karlson — mutaxassisligi fizik bo‘lgan, amerikalik advokat o‘z faoliyatida amalga oshirgandi.

akt_20_11_2013

Chester Karlson dastlabki kserografik apparat ishini namoyish etgan

Ixtirochida yangi texnologiyani yaratish g‘oyasi uning patentlik byurosidagi ish faoliyati mobaynida yuzaga kelgan. O‘sha vaqtda hujjat originalini ko‘paytirish uchun fotoustaxonaga murojaat etish zarur edi, u yerda hujjat plastinkaga qo‘yilib, zarur amallar bajarilgandan so‘ng fotoqo‘ozda chiqarish uchun ancha vaqt talab etilardi. Mazkur jarayon qimmatga tushar va ko‘p vaqt kutishga to‘g‘ri kelardi, bu esa katta hajmdagi hujjat almashinuvini talab etadigan kompaniyalar ehtiyojini qondira olmasdi.

Chester Karlson qog‘ozda tasvirni ifodalashning tezkor va qulay usulini topdi. U ofis ishining samaradorligini oshirishni orzu qilar, qanday qilib bo‘lsada, ishni tezlatishning talabdorlaridan edi. Fan-texnikadagi so‘nggi yutuqlarini o‘rgangan holda u o‘z texnologiyasini yaratadi va 1938-yil 22-oktabr kuni o‘z xonadoni laboratoriyasida «elektrofotosuratlar» tarixida dastlabki nusxani tayyorlashga erishdi. Yorug‘likka sezgir yarim uzatkich vositasida va bo‘yoq-kukuni yordamida, qog‘oz varag‘i yuzida: «10.-22.-38 ASTORIA» yozuvlari nusxasini olishga muyassar bo‘ldi, bu esa patentlangan XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biriga aylandi.

akt_20_11_2013_1

Chester Karlson tomonidan amalga oshirilgan dastlabki kserografik nusxa

Karlsonning patent olish uchun harakatlari oson kechmadi, IBM, Remington, Ford va General Electric kabi korporatsiyalari muhandislari rad javobini berganlaridan so‘ng, investorlarni izlash davrida fotoqog‘oz ishlab chiqaruvchi Haloid nomli kichik kompaniya yangi texnologiya bilan qiziqib qoldi. 1947-yilda kashfiyotchi patent olishga muyassar bo‘ldi va ikki yildan keyingina bozorga jahonda birinchi nusxa ko‘paytirish kserografiya uskunasi — Xerox Model A’ni taqdim etdi, natijada o‘z nomini Xerox Corporation deb o‘zgartirdi. Mana shunday qilib, chop etish sanoatining yangi yo‘nalishi va eng muvaffaqiyatli xalqaro korporatsiyalaridan birining faoliyati boshlandi.

akt_20_11_2013_2

Dastlabki Haloid – Xerox Model A kompaniyasi mahsuloti

Tijoratdagi aqlbovarqilmas muvaffaqiyatlari evaziga kompaniya ofis apparatlari uchun juda katta daromad oldi va mazkur mablag‘ning bir qismini AT-ishlanmalarini yaratishga ajratishga qaror qilindi. 1970-yil 1-iyul kuni Kaliforniyada (AQSH) o‘zining dastlabki ilmiy-tadqiqotlar markazi Xerox PARC tashkil etildi. Markaz muhandislari WYSIWYG tamoyili va faksimil aloqani shakllantirdilar, grafik interfeys oynasiga hamda sichqonchaga ega birinchi SHK, keyinchalik Ethernet protokoli, noutbuk konsepsiyasi hamda planshet kompyuterini yaratdilar. Vaqt o‘tishi bilan kompaniya yana 4ta ilmiy-tadqiqotlar markazlarini ochdi, ular alohida innovatsion loyihalarni amalga oshirishda umuman poligrafiya tarmog‘i taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdilar.

Bu esa korporatsiya faoliyatida kelgusida hujjatlar bilan ishlashda ajoyib yechimlar majmuini yaratish imkonini beruvchi muhim yo‘nalish bo‘lib qoldi. Shu bilan birga, ofis ishi hamda biznesni qo‘llab-quvvatlashda buyurtmachilarning Xeroxga bo‘lgan qiziqishlari innovatsion faollik asosini yaratdi. Hozirgi davrda Xerox ilmiy-tadqiqot markazlari olib borilgan izlanishlar orqali yaratilgan ishlanmalar asosan 4ta asosiy yo‘nalish: qo‘l ish jarayonlarini avtomatlashtirish, mazkur yechimlar ma’lumotlarini transformatsiyalash, tashkiliy ishlarda xususiylik hamda barqarorlikni rivojlantirishda hamkorlikdan iborat.

Chop etish texnologiyalari ham o‘z o‘rnida qoldirildi: 1975-yilda korporatsiya oddiy qog‘ozda ishlaydigan faksimil aloqa uchun Xerox Telecopier 200 — dastlabki uskunani taqdim etdi, 1977-yilda bozorga juda tezkor chop etuvchi bir daqiqada — 120 bet sahifa chop etish imkoniyatiga ega Xerox 9700 — dastlabki sanoat lazer printeri taqdim etildi. O‘tgan asr 80-yillarida kompaniya yangi texnologik cho‘qqilarni zabt etdi, ilk bor KFU (ko‘p funksiyali uskuna) printer-skaner-kopir va SHK uchun birinchi chop etish tizimi — Xerox Ventura Publisherni taqdim etdi. Bu vaqtda Xerox sanoat lazer printerlari IBM chop etish qurilmalarini bozorda siqib qo‘ydi, korporatsiya yana bir yo‘nalishda strategik yetakchilikni zabt etdi.

Kserografiyaning, yuzaga kelishi hujjatlar bilan ishlashda kommunikatsiya jarayonlarini butunlay o‘zgartirdi va ishni yanada tezkor hamda qulaylashtirdi. Kserografiya texnologiyalarining rivoji chop etish industriyasida butkul yangi yo‘nalishni yaratdi va hujjatlar nusxasini ko‘paytirishdagi vazifalarni hal etish imkonini berdi, biroq axborotlar bilan ishlash imkoniyatini yanada kengaytirdi.

Qisqacha Xerox kompaniyasi tarixidan

akt_20_11_2013_3

Xerox Corporation (grek tilida «Zieroks karpereyshn», rus tilli mamlakatlarda transliteratsiya bilan «Kseroks» deb talaffuz qilinadi) — Amerika korporatsiyasi bo‘lib, chop etish texnologiyasi, hujjatlar boshqaruvi sohasida va nusxa ko‘chirish apparatlarining ommaviy ishlab chiqarilishida jahondagi yetakchi kompaniya hisoblanadi.

Kompaniya qarorgohi Konnektikut shtatidagi Noruolk shahrida joylashgan bo‘lib, uning ko‘plab xodimlari 1906-yilda firmaga asos solingan maskan Rochester (Nyu-York) shahrida faoliyat yuritadi.

2011-yil ko‘rsatkichi bo‘yicha Kompaniya Fortune Global ro‘yxatida 449 va 500 o‘rinlarni egallaydi.

Xerox korporatsiyasiga Rochester (Nyu-York shtati) AQSH’da 1906-yilda asos solingan va dastlabki davrda fotoqog‘oz ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan Haloid Company nomi bilan yuritilgan. 1958-yilda kompaniya Haloid Xerox, 1961-yilda Xerox Corporation deb qayta nomlangan.

Nusxasi ko‘chirilgan hujjatlar — (grеk tilida ????? «quruq» va ????? «yozaman») Xerography yoki rus tilida kserokopiyalangan deb nomlangani, uskunaning o‘zini esa Karlson taklifi bilan xerox (ziroks) deb ataganlar. Dastlabki Model A — kopiri 1949-yilda chiqarilgan. 1959-yilda birinchi Xerox 914 avtomatik ofis kopiri oddiy qog‘ozga nusxa ko‘chira olardi. 1961-yildagi qurilma shunchalik ommaviylashdiki, kompaniya daromadi deyarli 60 mln. dollarni tashkil etdi, 1965-yil oxirida esa $500 mln. dan oshib ketdi.

Hozirgi davrda Xerox Corporation tomonidan, 160dan ortiq mamlakatda 200 nomdan ortiq mahsulot ishlab chiqariladi. Kompaniyaning nomi nusxa ko‘chirish, kopirlash avtomatining sinonimi bo‘lishiga qaramay, kopirdan tashqari va unga sarflanuvchi materiallar bilan Xerox printerlar, chop etish kontrollerlari, skanerlar, shuningdek, qog‘oz hamda chop etish uchun materiallar, dasturiy ta’minotlarni ham ishlab chiqaradi.

2004-yil Xerox yangi korporativ logotip — XEROX® ga ega bo‘ldi, 1994-yilda qabul qilingan «The Document Company — Xerox» logotipini va «raqamli» X logotipi — marketing belgisi bilan almashtirdi.

2008-yil 8-yanvar kuni kompaniya 40 yil mobaynidagi grafik logotipini X harfi qatorida qizil shar tasviri bilan o‘zgartirdi.

Xerox logotipi tarixi
Kompaniyaning o‘zi haqidagi tasavvuri yillar davomida qanday o‘zgarib borganligini uning logotipidan ham bilish mumkin.

akt_20_11_2013_4

Dastlabki Xerox logotipi Lippincott dizayn-agentligi tomonidan 1961-yilda ishlab chiqildi, uning ko‘rinishi quyida keltirilgan:

akt_20_11_2013_5

1968-yilda Chermayeff & Geismar dizaynerlik byurosi Xerox deb logoni o‘zgartirdi, aynan shu logo brendning klassik logotipi bo‘lib, deyarli 30 yil xizmat qildi.

akt_20_11_2013_6

1994-yilda Landor o‘z varianti — dastlabki qizil logotipni e’lon qildi. Shunda «The Document Company» shiori paydo bo‘ldi.

akt_20_11_2013_7

2002-yilda vordmark biroz o‘zgartirildi,

akt_20_11_2013_8

2004-yilda esa shiorni logotipdan olib tashladilar.

Nihoyat Interbrand dizaynerlari tomonidan yaratilgan logotipining tarixiy qayta nomlanishi bilan yangi nom varianti Xerox yuzaga keldi. 2009-yil yanvar oyida Xerox Corporation kompaniyasi brendi tarixida vizual aydentikaga asoslangan, yanada kardinal yangilanish haqida e’lon qildi.

akt_20_11_2013_9

Interbrand brend agentligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi logotip Xerox kompaniyasining zamonaviyligini, innovatsionligi, eng avvalo, mijozga yo‘naltirilganligi imijini to‘liq ifoda etadi.

Xerox kompaniyasi prezidentining so‘zlariga qaraganda, yangi g‘ayratli logotip brendning zamonaviy uslubini ta’kidlaydi, «bugungi biznes» talabiga javob beradi hamda kelajakka istiqbolli bo‘lgan holda o‘z tarixini saqlab qoladi.

Qiziqarli faktlar
• Kompaniya nomi so‘z turkumida turdosh otga aylanib, natijada umuman nusxa ko‘chirish uskunalarining nomini kseroks deb atay boshladilar.
• Aynan Xerox kompaniyasi tomonidan Palo-Altodagi ilmiy-tadqiqotlar markazi ishlanmalari doirasida shaxsiy kompyuterlar uchun kompyuter sichqonchasi va grafik interfeysni ishlab chiqdilar.
• Canon («Kenon») firmasi Mug‘ilistonga dastlabki nusxa ko‘chirish texnikasini taqdim etgan. Firma nomi mug‘il tilida o‘rnashib qolib, barcha nusxa ko‘chirish apparatlari «kanon» deb atala boshlandi.

Orphus system