«O‘zbektelekom» AK O‘z DSt ISO 9001:2009 (ISO 9001:2008) sertifikatiga ega bo‘ldi

2013-yil 18-noyabrda «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasiga sertifikasiya auditi natijalari bo‘yicha O‘z DSt ISO 9001:2009 (ISO 9001:2008) xalqaro standartga muvofiqlik sertifikati topshirildi.

iso_19_11_2013_1

Bozorning doimiy o‘zgaruvchan sharoitlari tashkilotlar rahbariyatidan puxta istiqbolli rejalashtirish va xavflarni boshqarishni talab etadi. Bugungi kunda taqdim etiladigan xizmatlarga standartlar talablarini shunchaki bajarishning o‘zi yetarli emas. Bugungi kunda muvaffaqiyatning sharti menejmentning samarali tizimlarini joriy etish, ularga muvofiqlik sertifikatlari esa tashkilotlar va korxonalar uchun iste’molchilar tomonidan ishonchning asosiy omillaridan biri, tender va tanlovlarda ishtirok etish, xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikning zarur sharti hisoblanadi.

Sifat menejmenti tizimini joriy etish Kompaniyaning butun tuzilmasi bo‘yicha ishchilarning javobgarliklari aniq taqsimlangan va hujjatlashtirilgan tartibni aniqlashga imkon beradi. Bu o‘z navbatida xodimlarni boshqarish, ularning mas’uliyatlilik va javobgarlik sifatlarini oshirishni ta’minlaydi, marketing rivojlanishiga, taqdim etiladigan xizmatlar sifati yaxshilanishi va ko‘lami kengayishiga yordam beradi, shuningdek, korxona imijini ta’minlaydi, bu esa telekommunikasiya xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun juda muhim hisoblanadi.

Sifat menejmenti tizimlarini sertifikasiyalash bo‘yicha davlat organlaridan birinchi bo‘lgan «O‘zstandart» agentligi tomonidan akkreditasiyalangan Standartlashtirish, metrologiya va sertifikasiyalash ilmiy-tadqiqot institutidan «O‘zbektelekom» AK sifat menejmenti tizimiga sertifikat olinishi O‘zbekiston bozorida telekommunikasiya xizmatlarini ilgari surish tan olingan vositasi hisoblanadi. Sifat menejmenti tizimi sertifikati kuchli marketing vositasi bo‘lib, taqdim etiladigan telekommunikasiya xizmatlarini iste’molchilargacha yetkazib berish haqidagi axborotlar eng qisqa yo‘li hisoblanadi.

«O‘zbektelekom» AK muvaffaqiyatli faoliyati uchun O‘z DSt ISO 9001:2009 (ISO 9001:2008) xalqaro standartlar talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimi ishlab chiqilgan, rasmiy hujjatlashtirilgan va ishchi holatida ta’minlanib turibdi.

Ishlab chiqilgan sifat menejmenti tizimi telekommunikasiya xizmatlarida iste’molchilarning talablarini qondirish va oldindan bilishga yo‘naltirilgan.

Berilgan sertifikat bo‘yicha sifat menejmenti tizimini qo‘llash sohasi: loyihalashtirish, qurilish, foydalanish va telekommunikasiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘lib hisoblanadi.

Orphus system