Namanganda «O‘zbektelekom» AK tomonidan seminar o‘tkazildi

sem_15_11_2013

13-noyabr kuni Namanganda «O‘zbektelekom» AK filiallari texnik va tijorat direktorlari uchun seminar o‘tkazildi. Seminarning asosiy maqsadi «O‘zbektelekom» AK Namangan filialida tajriba almashish, Namangan viloyati Kosonsoy tumani misolida qishloq joylarda zamonaviy ATS xizmatlarini joriy etish faoliyati bilan tanishishdan iborat edi.

Seminar ishtirokchilari oldida Namangan viloyati hokimi Yusupov Bahodir Tursunovich tabrik so‘zi bilan chiqdi. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hududiy bashqarmasi boshlig‘i Toshtemirov Shamsitdin Mamasadiqovich seminar ishtirokchilariga Namangan viloyatida AKT rivoji haqida so‘zlab berdi.

«O‘zbektelekom» AK Namangan filiali direktori J.A.Yakubayev Namangan viloyati Kosonsoy tumani ATS misolida, Namangan viloyati Kosonsoy tumanida telekommunikatsiyalar tarmoqlari va ular asosida viloyat bo‘yicha rivojlanish haqida ma’ruza bilan chiqdi.

sem_15_11_2013_2

Seminarning yalpi majlis qismidan so‘ng ishtirokchilar Namangan viloyati Kosonsoy tumani telekommunikatsiyalar bog‘lamasi ishi bilan tanishish maqsadida Kosonsoy tumani “Yagona oyna” sotuvlar ofisida bo‘ldilar.

sem_15_11_2013_3

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentininig «O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining yigirma yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi 2011-yil 6-aprel № PQ-1615 sonli Qaroriga muvofiq, «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi 2011-yilning oxiriga qadar, butun mamlakat bo‘yicha «Yagona oyna» tamoyili bo‘yicha 50ta savdo xizmatlari punktlarini foydalanishga topshirgandi. 2012-yilda «O‘zbektelekom» AK mamlakat bo‘ylab 94ta «Yagona oyna» ofislarini foydalanishga topshirdi.

Hozirgi vaqtda «O‘zbektelekom» AK mamlakat bo‘ylab jami 155ta «Yagona oyna» ofislarini foydalanishga topshirdi, yil oxiriga qadar esa 163ta «Yagona oyna» ofislarini foydalanishga topshiriladi. Yangi «yagona oyna» ofislarining qurilishi davom etmoqda.

sem_15_11_2013_4

Bunda asosiy e’tibor mamlakatimiz qishloq joylari va tuman markazlarida shunday ofislarni tashkil etishga qaratiladi.

sem_15_11_2013_5

«Yagona oyna» vositasida har bir abonent: telefoniya, ajratilgan liniya bo‘yicha Internet, simsiz aloqa telefoniya va CDMA-450 standartidagi mobil Internet xizmatlari, videotelefoniya va hatto IPTV, Stars TV, «Uz Digital TV» MCHJ’dan raqamli televideniye kabi xizmatlarini olish imkoniga ega bo‘ladilar.

sem_15_11_2013_6

Agar kompaniya abonentlari ilgari mutlaq telefoniya aloqasi, internetga ulanish, mobil aloqa va boshqa xizmatlarga ulanish uchun «O‘zbektelekom» AK’ning turli filiallariga murojaat etishlari kerak bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib, yangi sotuvlar punktiga kelishning o‘zi kifoya, bir joining o‘zida barcha xizmatlar bo‘yicha xizmatlarning to‘la servisini, jumladan, texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatini olishga muyassar bo‘ladilar.

sem_15_11_2013_7

Seminar ishtirokchilari Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yangi tipdagi NGN (MSAN ISKRATEL) «Namuna» va «Tergachi» qishloqlaridagi ikkita ATS’ga tashrif buyurdilar.

sem_15_11_2013_8

sem_15_11_2013_9

Mazkur yangi ATS ishlari misolida qishloq aholisiga raqamli telefoniya, Internet tarmog‘iga kengpolosali ulanish va IP-TV xizmatlari kabi zamonaviy aloqa xizmatlari NGN yangi avlodiga oid samarali qishloq ATS’lari ish tajribasi haqida so‘zlab berdilar. Seminar ishtirokchilariga qishloq joylarida shunday ATS’larni joriy etishdagi iqtisodiy samaradorlik namoyish etildi.

sem_15_11_2013_10

Seminarning ko‘chma tadbirlaridan keyin «O‘zbektelekom» AK filiallari texnik va tijorat direktorlari bilan davra suhbati o‘tkazildi, unda yangi texnologiyalarni joriy etish va xizmatlarni ilgari surish, abonentlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalalarini muhokama etdilar, shuningdek, Namangan filiali tajribasi misolida «O‘zbektelekom» AK kompaniyasi filiallarining rivojlanish masalalari muhokama etildi.

Orphus system