O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi
19.11.2013
Rukn: Internet.
Muallif: .

2013-2020 yillarda O‘zbekistonda telekommunikatsiya texnologiyalari, aloqa infrastrukturasi va tarmog‘ini rivojlantirish dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining bir guruh mutaxassislaridan tashkil topgan Ishchi guruhi a’zolari bir qator mamlakatlarning elektron hukumatni joriy qilish bo‘yicha qonunchiligini, jumladan Janubiy Koreyaning «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi Qonuni, shuningdek, Rossiya federatsiyasi, Belorussiya, Bolgariya, AQSh kabi mamlakatlarning bu yo‘nalishdagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarini yaqindan o‘rganib chiqishdi.

Mazkur Qonun loyihasini ishlab chiqishdan ko‘zlangan asosiy maqsad davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini yanada ta’minlash, fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi elektron hukumat tizimini joriy qilinishini ishlab chiqish va samaradorligini oshirishdan iborat.

Uforum ning forumlar maydonchasida tashkil etilgan maxsus bo‘limda Qonun loyihasi bilan tanishib chiqish, unga nisbatan fuqarolar fikr-mulohazasini o‘rganish imkoni mavjud.
Fikr-mulohaza, takliflar, shuningdek f.ibragimov@ccitt.uz elektron manziliga ham yuborilishi mumkin.

Qonun loyihasining to‘liq matni bilan bu yerda tanishib chiqish mumkin.

Qo‘mita barcha qiziquvchilarni mazkur Qonun loyihasini tayyorlash va muhokama jarayonida faollikka chorlaydi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq