«O‘zbekiston Matbuoti» III Milliy forumi

2013-yil 19-noyabr kuni poytaxtimizdagi «International Hotel Tashkent» mehmonxonasi majlislar zalidа «Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida ommaviy axborot vositalari roli va o‘rnini oshirish» mavzusidа «O?‘zbekiston Matbuoti» III Milliy forum» o?‘tkazildi.

Аnjuman O‘zbekiston Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish Jamoat fondi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Fuqarolik jamiyatini shakllantirishni monitoring qilish Mustaqil instituti, Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi, O‘zbekistondagi EXHT loyihalar Koordinatori, MDI (AQSh), YuNESKO, YuNISEF vakolatxonalari bilan hamkorlikda tashkil etildi. Forum ishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari, vazirlik va idoralar axborot xizmatlari rahbarlari, yetakchi markaziy va hududiy OAV va media-tuzilmalar muharrirlari, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, ekspert hamjamiyati vakillari, mamlakatimizdagi diplomatik korpus va O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, xorijiy ekspertlar, jami 250 kishi qatnashdi.

«O‘zbekiston Matbuoti» yillik forumi axborot sohasini isloh qilish, so‘z va axborot erkinligini ta’minlash borasida sifat jihatdan yangi bosqichni belgilab bergan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi” doirasida o‘tkazilmoqda. Forumning asosiy vazifasi mamlakatimiz axborot sohasini liberallashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mazmun-mohiyatini jamoatchilikka keng tushuntirishdan iborat.

Mazkur forum fuqarolik jamiyati institutlari tizimida OAV rolini kuchaytirish, OAV’ni erkin rivojlantirish qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish, ularga jamiyatning siyosiy va ma’naviy hayotida munosib o‘ringa ega bo‘lishini ta’minlash, axborot sohasi va yangi axborot texnologiyalarini jadal rivojlantirish, jurnalistlar faoliyatini ijtimoiy va huquqiy himoya qilish kafolatlari, jurnalist kadrlarni tayyorlash, OAV bozorini rivojlantirish va unda adolatli raqobat muhitini shakllantirish masalalarini muhokama etish maqsadida o‘tkazildi. Forum ishtirokchilari OAV hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘rtasida demokratik islohotlar ochiqligini ta’minlash o‘zaro hamkorligi, davlat organlari faoliyati haqida xabardor qilish jarayonlarini takomillashtirish, OAV va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro aloqalari mexanizmlarini yaxshilash, OAV’ning jamoatchilik va parlament nazoratidagi rolini oshirish, shuningdek, jurnalistik faoliyatda mas’uliyat va odob-axloq talablari bilan bog‘liq keng doiradagi masalalarni muhokama etdilar. Shu bilan birga, ular O‘zbekistonda mustaqil OAV’ni rivojlantirish bilan bog‘liq bosib o‘tilgan yo‘lni, OAV faoliyati bilan bog‘liq yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi va xalqaro huquqiy me’yorlarning respublika milliy qonunchiligiga implementatsiyasi, milliy OAV faoliyatiga umume’tirof etilgan demokratik standartlarni joriy etish jarayonlarini hamda mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalashda ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan axborot sohasini liberallashtirishning boshqa jihatlarini tahlil qildilar.

Forum ishida ta’kidlanganidek, mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda axborot sohasini demokratik isloh qilish, so‘z va axborot erkinligini ta’minlash bo‘yicha bosqichma-bosqich va izchil kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqdа.

Birinchi. Fuqarolarning axborot olish erkinligi, jurnalistlarning erkin faoliyati, axborotdan foydalanishi, so‘z va tanlash erkinligi huquqini so‘zsiz ijrosi, axborot sohasida samarali faoliyat yuritishi, OAV jadal va erkin rivojlanishini ta’minlash uchun huquqiy maydonni shakllantirish va rivojlantirish.

ОАV erkinligi tamoyillari, senzura va axborot monopollashuvini man etish, OAV’ning axborot olish, uni qayta ishlash va tarqatish huquqi konstitutsiyaviy ravishda mustahkamlandi. So‘z va OAV erkinligini amalga oshirish uchun salmoqli qonunchilik bazasi shakllantirildi. OAV faoliyatini faqat sud tartibida to‘xtatish imkoniyatini nazarda tutuvchi talablar mustahkamlandi, axborot sohasida jamoatchilik, nodavlat institutlar va tuzilmalarni shakllantirish va rivojlantirish, jurnalist kasbiy faoliyatining ishonchli kafolatlari va himoyasini, OAV mustaqilligi va erkinligini ta’minlash, axborot sohasiga bozor mexanizmlarini joriy etish va boshqalar uchun zarur sharoitlar yaratildi. Faqat so‘nggi o‘n yillikda OAV faoliyatini tartibga soluvchi 10dan ziyod qonunlar qabul qilindi: «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida» (yangi tahrirda), «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida», «Axborot erkinligi tamoyillari va kafolatlari to‘g‘risida», «Jurnalistning professional faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida» va boshqalar. O‘zbekiston qonunchiligiga fikr bildirish erkinligi haqidagi xalqaro huquqiy hujjatlar, jumladan, Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi 19-moddasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro pakti me’yorlari implementatsiya qilingan.

Yaratilgan qonunchilik bazasi OAV mustaqil va erkin rivojlanishining ishonchli kafolatini ta’minlaydi. Agar 1991-yilda O‘zbekistonda 395 OAV faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunda mamlakatda 1367ta bosma va elektron OAV, ulardan 1015 bosma OAV ish yuritmoqda. So‘nggi o‘n yildagina mustaqil bosma OAV soni 2,5 barobardan ko‘pga oshdi, bu esa barcha bosma OAV’ning qariyb 62 foizni tashkil etadi, elektron OAV esa 7 barobarga ko‘paydi. Bunda barcha telekanallarning kariyb 54% va radiokanallarning 87% — nodavlat OAV’lardir. Shu bilan birga, OAV sifatida ro‘yxatgan olingan qariyb 300ta veb-saytlar ishlamoqda. Ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda yashovchi millat va elatlarning 10dan ziyod tillarida taqdim etiladi.

Ikkinchi. Axborot sohasi erkin faoliyati yuritishi, mazkur sohada fuqarolik institutlari rivojlanishini ta’minlovchi keng qamrovli institutsional islohotlar amalga oshirildi.

Маmlakatda mustaqil, o‘zini-o‘zi ta’minlaydigan, zamonaviy demokratik talablar va standartlarga javob beradigan OAV’ni shakllantirish jarayonini qo‘llab-quvvatlash, ularning moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlashda Oliy Majlis huzuridagi NNT va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi, O‘zbekiston Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish Jamoat fondi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi kabilar muhim rol o‘ynaydi. Umuman olganda, ushbu tashkilotlar tomonidan fuqarolik institutlarini, shu jumladan, OAV’larni qo‘llab-quvvatlash uchun 2008- 2012 yillar davomida 27 mlrd. so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi. Ularda 7 mlrd. so‘mdan ortig‘i mustaqil OAV’larini qo‘llab-quvvatlash ga yo‘naltirildi.

Uchiichidan. Axborot faoliyati darajasi va sifatiii oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimida ilg‘or mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash milliy tizimini takomillashtirnsh hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.

O?‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha tegishli Davlat dasturi qabul qilindi va izchil amalga oshirilmoqda, unda o‘quv jarayonini takomillashtirnsh, jurnalistlarni mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalaridagi turdosh fakultetlarida axborot sohasi zamonaviy talablari, ularning ixtisoslashuvini hisobga olgan holda, tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Har yili mamlakatda jurnalistika sohasida 300 dan ziyod bakalavrlar va qariyb 120 nafar magistrlar tayyorlanadi.

To‘rtinchi. Axborot manbalaridan foydalanish kafolatlari va tamoyillari belgilandi, milliy axborot-resurslarni kuchaytirish va yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O?‘zbekiston da vazirlik va idoralar, davlat hokimiyati mahalliy organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni yanada chuqurlashtirish, Internet tarmog‘ida axborot resurslarni oshirishni ta’minlash, elektron hujjat almashuvini keng yo‘lga qo‘yish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida aholini xabardor qilishning ochiqligi, transparentligi, o‘z vaqtida va to‘liq taqdim etilishini ta’minlash maasadida barcha davlat organlari o‘z veb-saytlariga ega. «Uz» domeni zonasida veb-saytlar soni 2002-yildagi 587tadan bugungi kunda 17 mintagacha yetdi, YuOOtadan ziyod xo‘jalik yurituvchi subyektlar Internet tarmog‘idan foydalanish xizmatini ko‘rsatmoqda, 12 mln.dan ortiq odam Internet tarmog‘idan foydalanmoqda, ya’ni 1000 nafar kishiga qariyb 276 nafar foydalanuvchi to‘g‘ri kelmoqda. Аmmo shu bilan birga, hayotiiig o‘zi haqiqiy fuqarolik jamiyatiii shakllantirish bo‘yicha boshlangan islohotlarni izchil va qat’iy davom ettirish, ularii eig rivojlaigai mamlakatlar darajasidan kam bo‘lmagan yuksak marralarga erishish yo‘lida yanada chuqurlashtirishni talab etmoqda.

Qаbul qilingan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash sohasida qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish, OAV erkinligi, iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, axborot sohasiga bozor mexanizmlari, zamonaviy AKT’larni joriy etishga yangi turtki bo‘ldi.

Birinchi. Коnsepsiyaning so‘z va axborot erkinligi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar siyosati ochiqligini ta’minlash, davlat organlari tomonidan qabul qilinayotgan fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga oid qarorlari haqida aholini xabardor qilishda OAV, fuqarolik jamiyati institutlari rolini kuchaytirish sohasidagi me’yorlari izchil ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 20-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand va Buxoro viloyatlarida «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonun loyihasi sinovini o‘tkazish bo‘yicha huquqiy eksperimentni amalga oshirishga doir tegishli Farmoyishi qabul qilindi. Tadbirda ta’kidlanganidek, qonun loyihasini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha huquqiy eksperimentning tashkil etilishi uni yanada takomillashtirish, qonun loyihasi me’yorlarini amalda qo‘llash, aholini davlat organlarining eng muhim sotsial-iqtisodiy, ijgimoiy-siyosiy muammolarni hal etish borasidagi faoliyati haqida aholini xabardor qilishdagi OAV, fuqarolik jamiyati institutlari roli va ahamiyatini kuchaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.

Forum ishida qatnashgan qonun loyihasini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha huquqiy eksperimentni tashkil etish ishchi guruhi a’zolari huquqiy eksperiment borishi, amalga oshirilayotgan tadbirlar va erishilgan natijalar haqida so‘z yuritishdi. Jumladan, ta’kidlanganidek, axborotdan foydalanuvchilarning og’zaki va yozma so‘rovlari salmoqli ravishda oshgani amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, fuqarolarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga ishonchi kuchayganiga yaqqol misol bo‘la oladi. NNT vakillari, fuqarolar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati haqida axborot olish maqsadida mazkur davlat organlarining ochiq xay’at yig‘ilishlarida faol ishtirok etmoqda. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari vakillarining OAV’da chiqishlari faollashdi. Shunday qilib, bugun ishonch bilan aytish mumkinki, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari va OAV’ning davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan samarali huquqiy mexanizmni yaratish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha faol ishlar davom ettirilmoqda. Mazkur yo‘nalishda islohotlarni yanada chuqurlashtirish fuqarolarning so‘z erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarini yanada to‘liq amalga oshirish hamda OAV’ning fuqarolik jamiyati institutlari tizimidagi o‘rni va rolini mustahkamlashga xizmat qiladi, bu esa davlat organlari faoliyatining ochiqligi, oshkoraligi va samaradorligini ta’minlashning zarur shartidir.

Ikkinchi. Bugungi kundа demokratik yangilanishlar sharoitida jurnalistlar tomonidan huquqiy va etika me’yorlariga rioya etilishi dolzarb vazifa hisoblanadi, bu ularning faoliyati xavfsizligi va OAV vakillari tomonidan jamiyatdagi o‘zining professional majburiyatlarini bajarishiga ko‘maklashadi. Chunki odob-axloq me’yorlari jurnalistlar harakatlarini muayyan kasbiy standartlarga muvofiq tartibga soladi va boshqa tarafning huquq va manfaatlari kamsitilishi imkonini bartaraf etadi. Forum ishtirokchilarining yakdil fikriga ko‘ra, OAV – bu jamiyatning minbari. Shu bilan birga, fikrlar xilma-xilligi nafakat o‘z fikr-mulohazalarini erkin ifoda etish, balki axborot haqqoniyligi, jamiyatda barqarorlikni saqlash uchun mas’uliyatni ham nazarda tutadi.

Ekspertlar tomonidan qayd etilganidek, huquqiy eksperiment davomida nafaqat bevosita huquqiy me’yorlar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarga, balki jurnalistlar kasbiy faoliyati sohasini o‘zini-o‘zi tartibga solish tamoyillari – kasbiy etika kodekslari, o‘zaro ishonch tamoyillariga asoslangan yozilmagan qoidalar bilan muvofiqlashtiriladigan munosabatlarga oid qismi ham sinovdan o‘tkaziladi. Boshqacha aytganda, OAV, jurnalistlarning kasbiy hamjamiyati yangi qabul qilinayotgan huquqiy me’yorlar qatorida demokratik tamoyillarga asoslangan va milliy madaniyatga xos bo‘lgan, zamonaviy axborot bozori sharoitida jamiyat oldida o‘z faoliyati sifati uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga doyr «yozilmagan» mexanizmlarni ishlab chiqishi zarur. Alohida ta’kidlanganidek, milliy OAV faoliyati ni baholashda rivojlangan mamlakatlarda umume’tirof etilgan jurnalistning mas’ullik omili, jurnalist odob-axloqi talablarini inobatga olish muhim ahamiyatga ega.

Shu bilan birga, tadbir davomida saylov kampaniyasi vaqtida jurnalist faoliyatining odob-axloq jihatlari haqidagi masala ko‘tarildi. Qayd etilganidek, ommaviy axborot vositalaridan saylov kampaniyasi davrida tegishli saylov subyektlariga ochiqlik va oshkoralik muhitini yaratish, ular bilan bog‘liq har qanday ochiq axborotni tezkorlik, adekvatlik, tenglik va xolislik mezonlarini hisobga olgan holda tarqatishga ko‘maklashish talab etiladi. Aynan ushbu mezon saylovlar jarayonida ommaviy axborot vositalari faoliyatida belgilovchi hisoblanadi. Soha ekspertlari ta’kidlaganidek, jurnalistlarning saylov jarayonidagi ishtirokini tartibga soluvchi saylov haqidagi qonunchilik me’yorlari bilan birga amaliyotda e’tiborga olish zarur bo‘lgan yozilmagan qoidalar ham bor. Ularning aksariyati saylovoldi kampaniyasi davrida alohida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, OAV’ning saylovlardagi ishtirokiga oid barcha odob-axloq masalalari oxir-oqibat jurnalistning kasbiy mahorati darajasi bilan belgilanadi. Jurnalistlar faoliyatida yuzaga keladigan odob-axloq masalalarni hisobga olib, tadbirda OAV’ni liberallashtirishning hozirgi bosqichida yagona universal Jurnalist kasbiy etikasi kodeksini yangi tahrirda ishlab chiqish va qabul qilish taklifi bildirildi, u bosma, tele, radio va internet jurnalistikaning o‘ziga xos jihatlarini qamrab olishi zarur.

Uchinchi. Bugungi kundа demokratlashtirish va boshqa ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar jarayonida ommaviy axborot vositalariga katta rol va imkoniyat berilmoqda. Bu holat shundan dalolat beradiki, birinchidan, aholi huquqiy madaniyati va huquqiy ongi darajasi o‘smoqda, ikkinchidan, joylarda aniq ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi tanqidiy materiallarga davlat organlari ijobiy munosabat bildirishi darajasi sezilarli ravishda oshdi. Bunga mamlakatimiz Prezidentining ko‘plab nutqlarida bayon etilgan OAV va davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari oldiga qo‘yilgan vazifalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, ularda ta’kidlanishicha, bugungi shiddat bilan o‘zgaruvchi davrda media-makon qamrovi beqiyos kengaymoqda, ommaviy axborot vositalarining inson va jamiyat hayotiga ta’siri kuchaymoqda. Tabiiyki, bugun ular nafaqat odamlarga axborotni etkazish, yangilik va o‘zgarishlar bilan tanishtirish vositasi sifatida xizmat qilmoqda, balki shu bilan birga axborot-kommunikatsiya tarmog‘i amalda yetakchi, jadal rivojlanayotgan, eng zamonaviy ishlab chiqarish tarmog‘idan biri, moddiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarni rivojlantirish va yuksaltirish uchun asos va kuchli turtki bo‘lmoqdа. Shu bois, mamlakatda mustaqil OAV materiallari kasbiy, g‘oyaviy va badiiy darajasini oshirish, ularni aholining huquqiy va siyosiy madaniyati, huquqiy ongini yuksaltirish, barkamol, har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikrlovchi, o‘z hayotiy pozitsiyasiga ega yoshlarni shakllantirish jarayonlariga keng jalb qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Globallashuv, axborot jamiyati shakllanishi sharoitlarida jurnalistlarni, ayniqsa, yosh kadrlarni qayta tayyorlash tizimini tubdan o‘zgartirish, ularni o‘qitish jarayoniga tajribali va mahoratli professionallarni jalb etish va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha izchil ishlarni kuchaytirish zarur. Bunda ularning ixtisoslashuviga alohida e’tibor qaratish lozim, shunda ular mamlakatda davlat va jamiyat qurilishini isloh qilishning o‘ziga xos yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur axborot-tahliliy materiallarni tayyorlashi mumkin bo‘ladi. Uchinchi Milliy forum ishtirokchilari fikriga ko‘ra, umuman olganda, O‘zbekistondagi demokratik islohotlarning hozirgi bosqichi, zamonaviy voqeliklar va tendensiyalar shuni ko‘rsatmoqdaki, axborot sohasini isloh qilish hamda so‘z va axborot erkinligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich, evolyutsion isloh qilish tamoyillariga asoslanadi, mazkur sohadagi real holat bilan chuqur bog‘liq bo‘lib, yuksak ijtimoiy ahamiyatga ega. «O‘zbekiston Matbuoti» Uchinchi Milliy forumi yakunida «E’tirof-2013» respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, ushbu tanlov jurnalistlarni tezkor, xolisona va yuksak professionallik darajasidagi materiallarni tayyorlashga rag‘batlantirish, bosma nashrlar dizayni va kontentini takomillashtirish, jamiyat yangilanishi jarayonini yoritish va jurnalistlar kasbiy malakasini yuksaltirishga qaratilgan. Mazkur tanlov O‘zbekiston Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish Jamoat fondi va O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan tashkil etilgan.

Orphus system