G‘ulom Ortiqov “Bilayn”ning Hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori etib tayinlandi

beeline_18_11_2013_1

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) G‘ulom Ortiqov “Unitel”ning hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori lavozimiga tayinlanganligini e’lon qiladi. U ushbu lavozimda ilgari ishlagan, kompaniyadagi faoliyatini 2013 yil iyul oyida yakunlagan Abay Kolanovning o‘rnini egalladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MCHJ bosh direktori Andrey Safronyuk shunday dedi: “G‘ulom Ortiqov – kompaniyaning eng tajribali menejerlaridan biri sanaladi, uning rahbarligi ostida “Bilayn” 2007 yildayok Buxoroda birinchi sonli operatorga aylangan. Ishonaman-ki, uning mahorati va natijaga yo‘llanganlagi mintaqaviy blokning oldimizda turgan vazifalarini bajarishiga yordam beradi”.

G‘ulom Ortiqov yangi pozitsiyada bevosita “Bilayn”ning Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi abonentlariga xizmat ko‘rsatuvchi Janubi-G‘arbiy hududiy filialiga rahbarlikni saqlab qoladi.

“Yaqin oradagi asosiy maqsadlar orasida men O‘zbekistonning barcha mintaqalarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatining yagona standartlarini joriy qilishni ajratgan bo‘lar edim, — qayd qildi G‘ulom Ortiqov. – Servis darajasining o‘sishi, tarmoqni modernizatsiyalash, aloqa kanallarini kengaytrish va 3G texnologiyasini yanada ilgari surish – bu kompaniyaning abonentlar oldidagi eng muhim majubriyatlari sanaladi va biz ularni maksimal darjada tez hamda to‘liq amalga oshirish niyatidamiz”.

G‘ulom Ortiqov 1956 yilda Buxoro viloyatining Korako‘l tumanida tug‘ilgan. 1979 yilda Buxoro Davlat pedagogika institutining tarix fakultetini tamomlagan. Kompaniyadagi faoliyatini 2006 yilda Janubi-G‘arbiy hududiy filial direktori lavozimidan boshlagan va qisqa vaqt ichida “Bilayn”ni Buxoro viloyatining yetakchisiga aylantirgan. 2012 yilda O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirsh va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.

Ishdan va kasbiy rivojlanishdan bo‘sh bo‘lgan paytlarida numizmatika va stol tennisi bilan band bo‘ladi. Oilali, ikkita farzandi bor.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system