Mega aksiyaning birinchi 7 million so‘mi 15 noyabr kuni FM 101 da o‘ynaladi
14.11.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) 15 noyabr juma kuni FM 101 “O‘zbegim Taronasi” radiostansiyasining jonli efirida bo‘lib o‘tuvchi Mega aksiyaning birinchi o‘yini haqida xabar beradi. G‘oliblar oshkora ravishda radio tinglovchilarining tasodifiy tanlashi orqali aniqlanadi.

beeline_14_11_2013

Eslatib o‘tamiz, qimmatbaho va bonusli sovrinlarning haftalik o‘yinida ishtirok etish uchun, aloqa xizmatlariga haftasiga (dushanbadan jumaga qadar) kamida bir marotaba $2 sarflagan holda “Bilayn”ning faol abonenti bo‘lish lozim. “Status” seriyasining tarif rejalarining abonentlari Mega aksiyada avtomatik tarzda ishtirok etadilar.

Bosh sovrin – 13 ta “Chevrolet Spark” avtomobili 2013 yil 27 dekabr kuni bir marotaba bo‘lsa-da oldingi har kunlik million so‘m hamda bonusli sovrinlarning o‘yinlarida ishtirok etgan va g‘olibni aniqlash vaqtida faol bo‘lgan barcha abonentlar o‘rtasida o‘ynaladi.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq