“Bilayn” smartfonlar uchun rasmiy mobil ilovasini ishga tushirmoqda

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) smartfondan foydalanadiganlar uchun o‘zining birinchi rasmiy mobil ilovasini taqdim etadi. Mazkur qulay vosita kompaniya abonentlariga o‘z raqamini boshqarish uchun barcha zarur bo‘lgan buyruq va servsilarga ega bo‘lish imkonini beradi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev quyidagilarni qayd qildi: “Endilikda abonentlarimizda “Bilayn”ning turli servislariga osonlikcha moslashish, mobil hisobni mustaqil nazorat qilish va kompaniyaning oxirgi yangiliklaridan boxabar bo‘lib turish kabi ajoyib imkoniyat paydo bo‘ldi. “Bilayn” mobil ilovasini shaxsiy telefonga “Google Play” va “AppStore” ilovalarining rasmiy do‘konidan mutlaqo bepul ravishda yuklab olish mumkin”.

mob_14_11_2013 mob_14_11_2013_1

“Bilayn” mobil ilovalarini quyidagi ishoralar yordamida o’rnatish mumkin:

https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.beeline.odp
https://itunes.apple.com/us/app/beeline-uzbekistan/id722072887?mt=8

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system