“Bilayn” serverlaridagi “Counter Strike” bo‘yicha onlayn-turnir g‘oliblari taqdirlandilar
13.11.2013
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

beeline_13_11_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) o‘z serverlarida o‘tkazilgan “Counter Strike 1.6” kompyuter o‘yinlari bo‘yicha onlayn-turnir yakunlarini sarhisob qildi. Yakuniy o‘yinlar 3 noyabr kuni kechqurun bo‘lib o‘tdi.

Jami “Beeline Cup 2013” turnirida O‘zbekistonning barcha mintaqalaridan 33 ta jamoa ishtirok etdi. Toshkent vakillari sovrinli o‘rinlarni egaladilar. Birinchi o‘rinni “WEGOHARD”, ikkinchini — “Levelup”, uchinchi o‘rinni esa “REVERENCE” jamoasi egalladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Bilayn” – O‘zbekistondagi birinchi birlashtirilgan operator va o‘tkazilgan turnir buni yana bir bor tasdiqladi. Butun mamlakatdan bo‘lgan o‘nlab geymerlar eng mashhur o‘yinlardan birida eng oliy unvon uchun kurash olib bordilar. “WEGOHARD”ni o‘rinli g‘alabasi bilan tabriklaymiz!”

Tantanali taqdirlash marosimi bugun “Bilayn”ning Markaziy ofisida bo‘lib o‘tdi. Diplomlarni va sovrindorlarga esdalik sovg‘alarini “Beeline Cup 2013” turnirining tashabbuskori Georgiy Savinskiy taqdim etdi.

Batafsil ma’lumot http://bforum.uz/showthread.php?2470-%D0%A2%D1%83%D1%80%D0%BD%D0%B8%D1%80%D0%BD%D0%B0%D1%8F-%D1%81%D0%B5%D1%82%D0%BA%D0%B0-Counter-Strike-1-6-Beeline-Cup-2013&p=171249&viewfull=1#post171249 saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq